Moskva viloyatida 22-27 avgust kunlari bölib ötadigan “Armiya-2017” anjumanida keng omma uçun ilk marta elektromototsikllar taqdim qilinadi. Anjuman tugagandan keyin bunday elektromototsikllar Moskva yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi xodimlariga topşiriladi. “Kalaşnikov” konserni yaratgan “IJ” markasidagi bu elektromototsikllar sinovdan ötkazilgandan keyin politsiyaçilar uşbu transport ularga yoqqani aytişgan: ular uning siğimdorligi, manyovrçanligi va boşqa sifatlarini yuqori baholaşgan.
Kontsern uşbu transport vositasining batafsil texnik xarakteristikalarini ma'lum qilmagan: şunisi ma'lumki, u bitta quvvatlanişida 150 km yöl bosa oladi, dvigateli quvvati esa 15 kilovattni taşkil qiladi.
Avvalroq konsern kuç tuzilmalari uçun “IJ” mototsikllari variantlari ustida işlayotgani ma'lum qilingan. Öşanda bu elektromototsikllar Yaponiyaning Kawasaki toğ mototsikllariga öxşaş bölişi ta'kidlangandi.
Jurnalistlar “AVT-servis” motoservisi egasi Aleksey Trepixalindan yangi “IJ”ning suratiga baho berişni söraşgan. Trepixalinning aytişiça, mototsikl önqir-çönqir, baland-past joylarda ötkaziladigan maxsus musobaqalar uçun möljallangan. U “Ijmaş” bu qurilmani özi mustaqil ravişda yarata olganiga şubha bildirgan. Uning aytişiça, yaxşisi bu mototsiklni uni 3 barobar arzonroqqa çiqariş uçun Xitoyning Lifan va Stels kompaniyalariga bergan ma'qulroq bölardi. U bu mototsiklning narxini 150 ming rublga baholagan.
Trepixalinning gaplariga “Moto” jurnalidan Roman Sitnikov qöşilgan. Uning fikriça, yangi mototsikllar Xitoyning Lifan mototsikllari negizida yaratilgan.
















