Turli organlarning yuzlab suratlarini avtomatik ravishda qayta ishlovchi va darhol uning 3D modellarini yaratuvchi yangi kompleks tibbiyot xodimlarining ishini yengillashtiradi va zararli o‘simtalarni hatto mikroskopik hajmidanoq aniqlashga yordam beradi. Bir bemor bilan ishlash jarayoni atigi 30 soniya vaqt oladi.

Tizim Microsoft Kinect datchiklarini qo‘llaydi va tasvirlarni mustaqil ravishda aniqlaydi. Shifokor-onkolog natijalarni ko‘rib chiqishi va zarurat tug‘ilganda ularga tuzatish kiritishi mumkin. Bu materiallarda tizim yangi algoritm tomonidan o‘rganiladi va muntazam ravishda takomillashib boradi, shunda avtomatik natija yanada aniqlashadi.












