Yengil atletika böyiça 8 karra Olimpiya çempioni, sportçilik faoliyatini yakunlaşini e'lon qilgan yamaykalik sprinter Useyn Bolt xayriya futbol uçraşuvida iştirok etadi.
Bolt uçraşuvda “Mançester Yunayted” safida jamoaning Pol Skoulz, Gari Nevill, Edvin Van der Sar kabi sobiq öyinçilari bilan birgalikda “Barselona”ga qarşi maydonga tuşadi. Uçraşuv 2 sentabrda bölib ötadi.
30 yoşli Bolt ançadan beri faoliyatini yakunlagaç, öz kuçini futbolda sinab köriş istagi borligini aytib keladi. U hattoki bir neça futbol klublarida, jumladan “Mançester Yunayted” va Dortmundning “Borussiya”si maşğulotlarida iştirok etgan. Sportçining özi “MYu”ga muxlislik qilişini aytadi.

















