Ikkinçi jahon uruşi yakunlanganidan söng sobiq ittifoqda yozuvçi atalganlarning aksariyati memuar yozişga kirişib ketgan ekan. Tabiiyki, neça kişi bunday asar yozsa, şunça talqin yuzaga keladi, tarix haqiqatlari taxmin, nuqtai nazar va eng yomoni yolğon ta'sirida kömilib ketadi. Şunda hukumat hammasiga çek qöyib, bunday asarlar çop etilişini töxtatib qöygan, çuqur örganişlar va nazoratdan keyingina ayrimlariga ruxsat bergan ekan.
Tarix şundayki, unda keçgan jarayonlarga, ayniqsa ma'lum şaxslar faoliyatiga darhol baho beriş töğri bölmaydi. Oxirgi paytlarda söz erkinligi epkinlaridan ruhlanibmi, yoki bu mavzu ommabopligidan ilhomlanibmi, birinçi prezidentimiz Islom Karimov faoliyatiga baho beriş, uning islohotlarini tahlil qiliş, u qoldirgan davlatning har bir tizimini taroziga solib köriş urf böldi.
Albatta, har bir davlat rahbari faoliyati köp yillar, hatto asrlar muhokama qilinadi, davr sinovlarida turliça baholanaveradi. Ammo yuzaki qaraş, şoşma- şoşarlik bilan qiyoslaş, ayniqsa vaziyatni tuşunmay xulosa çiqariş durust emas.
Keling, hatto siyosatdan uzoq bölgan oddiy inson ham tahlil qilişi mumkin bölgan ayrim jihatlarni yodga olamiz.
1. Mustaqillikka erişgan yillarimizda öspirin yoşda edim. Narx-navo şiddat bilan ösib borar, inson jon saqlaşi uçun zarur bölgan oziq ovqatlar tanqisligi yuzaga kelgandi.
Non uçun soatlab navbatda turardik, keçasi borib tongda non sotib olgan paytlarimiz bölgan. Ota-onalarimiz bizning qornimizni töydiriş uçun nima qilişni bilmay bir-birlariga tikilib qolganlarining guvohi bölganmiz. Keyinçalik un sotilmay qoldi, hamma buğdoy tortib non yopa boşladi. Tegirmon köpaydi. Qişloqlardagi oldi-sotdida pul örniga ğalla işlatila boşlandi.
Şunday kunlarda bir ayolning buğdoy oliş uçun kombaynga yaqinlaşib yançilib ketganini eşitib, dahşatga tuşgandim. Bu voqea aslida bölganmi, yöqmi, bilmayman. Lekin har bir ta'sirli voqeani baholaşda albatta davlat rahbarlarini ayblaş menda ham bölgan. «Beçora ayol bolalarini boqiş uçun parça-parça bölib ketsaya. Yuqoridagilarda insof bormi?..» Ammo baribir bu masalada qat'iy turildi, har bir boşoq don davlat nazoratiga olindi va nihoyat ğalla mustaqilligiga erişildi. Bugun, yaratganga şukr, non muammosi yöq. Albatta, baho berguvçilar nazdida bu juda oddiy yutuq tuyilişi mumkin, ammo butun bir xalqning oçlik çangaliga tuşib qolmay özini özi eplab ketganini, buning uçun töğri yöl tanlab olinganini tuşunganlar tuşunadi.
2. Bu voqeaga 20 yildan oşdi.
Mavzuga oid
Bir insonni tanirdim, juda xuşmuomala, köngli oçiq odam edi. Bir töyda nima jin uradiyu içib oladi. Yonida ötirgan bir rus yigit bilan gap talaşadi va aççiq ustida stol ustidagi piçoqni olib qorniga sançadi. Bu bir qaraşda oddiy maişiy jinoyat tuyilar, ammo akamiz özini bilmay katta xato qilib qöyadi: millat nomini aytib «Senlarning hammangni qiriş kerak» deb yuboradi. Jarohatlangan yigit tuzalib ketdi, hatto özi va oilasi da'vo arizasidan voz keçdi. Ammo sud jinoyat qilganni keçirmadi va 14 yil jazo tayinladi. Axir bir qaraşda bu juda qattiq jazo edi, 14 yil uning xotini va yoş bolalari nima qilişadi?
Buning ham ma'nosini yillar ötib tuşunyapman.
Özbekistonda yuzdan ortiq millat va elatlar tinç totuvlikda hayot keçirmoqda, degan jumlani köp eşitamiz. Ammo har doim ham şunday bölganmi? Yoki savolni boşqaça qöyaylik, hatto hozirgi kunda ham köpçilik davlatlar millatçilik balosidan qutulib bölişganmi?
Yuqoridagi voqea yuz berişidan salgina oldin Farğona voqealari bölib ötgan, Samarqand, Buxoro kabi yirik şaharlarda ham millatçilikning sovuq nafasi ufurib qolgandi. Agar öşa paytda şu masalaga jiddiy qaralmasa, arzimas tuyilgan holatga ham qat'iy çora körilmasa, bugungi kundagi totuvlik biz uçun uşalmas orzuga aylanişi aniq edi. Çunki atrofimizdagi birorta qöşnimiz biz kabi köpmillatli emas, tevarakdagi birorta davlatda turli millatlar bizniki kabi kiçik hududda aralaşib ketişmagan;
3. Sobiq ittifoq paytida borligi bilinmagan çegaralarga simtörlar tortildi. Bordi-keldi qiliş ança qiyinlaşdi. Ayniqsa qarindoş-uruğçilik, quda-andaçilikka aziyat yetdi, piyoda borsa böladigan joylarga yetiş uçun minglab çaqirim yöl bosişga, önlab hujjatlar olişga töğri kelardi.
Bir qaraşda hammasi osondek edi – çegara oçib yuborilsa hammasi iz-izga tuşib ketadigan, hamma baxtiyor böladigan, davlat ham katta foyda köradigandek... Ammo Afğonistondagi qora kuçlar qöşni davlatlarga real tajovvuz qilgan va maqsadlariga erişib, yangi marralarni közlayotgan, terrorizm öçoqlari kun sayin köpayayotgan, ozgina böş qöyilgan hududda kontrabanda, giyohvand moddalar tranziti avj olayotgan bir paytda bunday qilişning aslo iloji yöq edi. Iqtisodiy jihatdan zarar hisobiga bölsa ham, noqulayliklardan noroziliklar tuğilsa ham, hududiy yaxlitlik uzil-kesil ta'minlandi, tartib örnatildi, eng muhimi Özbekiston sarhadlari şunçaki toptab ötib ketiladigan çiziqlar emasligi, albatta hisoblaşiş zarurligi anglab yetildi.
4. Diniy faoliyat tartiblari qat'iylaşdi, nazorat kuçaydi, köpçilik masjidlar berkildi.
Ha, şunday böldi.
Kiçkina bolalar edik, mahallamizning özida uçta masjid bor edi. Har birining ilmi mavhum öz imomi, öz jamoati, hattoki öz ğoyaviy yöli... Ular yopilib ketganida köpçilik norozi bölgandi. Nahot aksariyat aholisi musulmon bölgan davlatda masjidlar yopilsa? Keyinçalik yirik masjidlar qurildi, kiçiklari kengaytirildi, har bir diniy maskan albatta davlat röyxatidan ötkazilişi şart qilib qöyildi. Boşqa sohalarga nisbatan ham diniy soha köproq islohotlarga uçradi, yagona tizimga birlaşdi, mafkurada, ma'naviyatda muhim örin tuta boşladi.
Bu jarayonlarning mohiyatini töğri anglaş lozim. Davrning eng oğriqli nuqtasi terrorizm ekanligi sir emas. Eng açinarlisi bu illat muqaddas dinimiz bilan boğlab körsatilişi bölmoqda. Oxirgi yillarda xorijning aksariyat telekanallari «terrorist» sözini «islamist» deya almaştirişgaça bordilar. Ayni şunday paytda, diniy masalani öz holiga taşlab qöyişning, ayniqsa ziç yaşovçi aholisining aksariyati musulmon bölgan, çor tarafdan radikal mafkura soya solib turgan bizday mamlakatda e'tiqod masalasiga jiddiy qaramaslikning aslo iloji yöq edi;
5. Iqtisodda davlat aralaşuvidan voz keçilmadi va hali hanuz şunday tizim amal qilmoqda.
Mustaqillikning dastlabki yillarida qöşnilarimiz iqtisodiy erkinlikka zör berişdi, davlat mulklari xususiylaştirildi, savdo-sotiq, importga keng yöl oçildi. Öşanda ularning bozorlari ma'lum muddat arzon mahsulotga töldi, bizning ularga havasimiz keldi, özimizni ortda qolayotganday his qildik. Ammo keyinçalik eng katta hamkorimiz bölgan davlatda ham, qöşnilarimizda ham xususiylaştiriş adolatli bölmagani, davlat özining aksariyat boyligini qöldan çiqargani, mamlakatning tabiiy ne'matlaridan tuğilayotgan milliardlar bir guruh korçalonlarning çöntagini töldirayotgani bong urila boşlandi. Köpçilik qöşnilarda savdo kuçaygani bilan işlab çiqariş deyarli ado böldi. Biz esa juda qiyinçilik bilan işlab çiqarişni yölga qöya boşladik va bugungi kunda ozmi-köpmi natijaga erişdik. Albatta, hali Germaniya, Yaponiyaga yetişimizga ança bor, ammo ortimizda ham ançagina davlatlar borligini, bir xil pozitsiyadan poygaga çiqib old qatorlarda borayotganimizni unutmasligimiz lozim.
6. Aholining köpçilik qismi xorijga çiqib tirikçilik qilişga majbur böldi. Yurtdoşlarimiz Rossiya, Qozoğiston mehnat bozorlarini töldirişdi.
Haq gap. Bunday jarayonlardan köz yumiş oyni etak bilan yopiş kabi. Bir muşohada qilib köraylik, Istiqlolga erişgan yillarimizda aholi soni qança edi? Boringki, 20 million. Hozir-çi? Deyarli 33 million. Özbekiston aholisi sonining ösişi böyiça sobiq ittifoq böyiça mutlaq rekordçi hisoblanadi.
Endigina mustaqil bölgan, iqtisodi hali ma'lum bir özanga tuşmagan, har kuni qaysidir yirik sohasi qiyinçilik girdobiga tuşib qolayotgan davlat kun sayin ösib borayotgan aholini iş bilan ta'minlay olmasligi ayon edi. Bunday jarayondan Turkiya, Meksika kabi rivojlangan davlatlar ham ötişgan. Turklar Germaniyada muhojirlarining aksariyatini taşkil qilişgan bölsa, meksikaliklar haligaça AQŞdagi migrantlar orasida köpçilikdir. Bizning ulardan farqli jihatimiz özga yurtlarda işlab yurgan yurtdoşlarimizning mutlaq aksariyati öz kelajagini vatani bilan boğlaydi, topganini özimizda sarflaydi, bu işlarni vaqtinçalik deb biladi. Demak buning faqat yomon jihatini körmasligimiz kerak. Zamon, iqtisod şunga majbur qildi. Qolaversa, oxirgi yillarda muhojirlarimiz soni kamaya boşladi. Bu ham öz yurtimiz farzandlarini qaytara oliş salohiyati ortayotganidan darak.
7. Militsionerlar, maxsus xizmat xodimlari juda köpayib ketdi. Har qadamimiz nazoratda bölayotgandek tuyilmoqda.
Töqsoninçi yillarga qaytamiz. «Şaytanat» asari va filmidagi qaysi holat uydirma? Har bir şaharning öz jinoiy «egasi», har bir köçaning «razborşçigi» borligi esimizdan çiqdimi? Tunda emin-erkin yura olarmidik? Neça kişi minib yurgan maşinasidan, mol-mulkidan bir lahzada ayrilib qolgani, keyin yana öz puliga qaytarib sotib olgani yodimizdadir. Har kuni kimningdir joniga qasd qilinayotgani, öğrilik, talonçilik avj olganini unutdikmi? Xöş, mutlaq izdan çiqqan bunday vaziyatda qanday yöl tutiş kerak edi?
Men faqat yettitagina jihatni sanab ötdim. Ammo yoşi uluğ va sinçkov hamyurtlarimiz yana köplab misollarni keltirişlari mumkin.
Albatta, yuqorida ta'kidlangan baho beruvçilar bu mavzuda bahsga kirişişga tayyor ekanliklariga şubha yöq.
Ammo keling, andak şoşilmaylik. Aniq şakllanmagan mafkurasi, bir neça kunlik oziq-ovqat zaxirasi, tökilayotgan iqtisodi, millatlararo ziddiyatlar tufayli «poroxli boçka» deya ta'riflangan hududlari, özini himoya qilişga holi yöq armiyasi, birov pisand qilmagan çegarasi bölgan davlatni qabul qilib olib, şu kunlarga yetkazgan, tinçlikni asosiy yutuqqa aylantira bilgan birinçi prezidentimiz faoliyatiga davrning özi baho bersin. Abror Zohidov,