Kelgusi yilda OTMga kiriş imtihonlarini mutlaqo yangiça formatda ötkaziş böyiça çora-tadbirlar işlab çiqilmoqda. Hukumat hamda DTMga qabul imtihonlari jarayonini tubdan özgartiriş böyiça alohida topşiriq ham berilgan. Bu haqida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vaziri v.b. Şerzod Şermatov Xalqaro Press-klubning 16 avgust kuni ötkazilgan navbatdagi sessiyasida xabar berdi. Endilikda test javoblari imtihon yakunidan söng, öşa kuniyoq e'lon qilinişi mumkin.
Xalqaro Press-klubning “Özbekistonda mobil aloqa: muammo va yeçimlar” mavzusida navbatdagi anjumanida jurnalist Baxtiyor Nasimov "kiriş imtihonlari vaqtida mobil aloqa xizmatini öçirmasdan, zamonaviy axborot texnologiyalari yeçimidan foydalaniş imkonini köriş vaqti kelmadimikin?", degan savol bilan murojaat qildi.

Mazkur masalaga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vaziri v.b. Şerzod Şermatov öz munosabatini bildirdi:
"Savol örinli. Men bu lavozimga ötişdan avval, Inha universitetining rektori bölib işlaganman. Oliygohda 4 yildan beri qabul imtihonlari ötkazilib kelinadi. Siz biron marta imtihon vaqtida telefon öçirilgani, internet işlamagani yoki abituriyentlar şpargalkadan foydalanib, öqişga kirganini eşitdingizmi? Mobil aloqalarni öçirişni imtihonga boğlaş kerak emas. Hozirda kelasi yildagi imtihon jarayonlarini tubdan özgartiriş böyiça çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Öylaymizki, yangi yondoşuvlar qöllanilsa, albatta, yuqoridagi masala ham hal etiladi".
















