Venesuela xavfsizlik xizmati Amasonas ştatidagi turmada maxsus operatsiya ötkazdi. Operatsiya vaqtida hukumat vakillari bilan töqnaşuvlarda 37 mahbus halok böldi. 

Ştat poytaxti Puerto-Ayakuço şahridagi turmalardan birida ötkazilgan operatsiya 16 avgustga ötar keçasi amalga oşirilgan. Şahar kengaşi a'zosi Xose Mexiasning aytişiça, hukumat “turma ustidan nazoratni tiklamoqçi bölgan, biroq mahbuslar bunga qarşilik körsatişgan”.

“Xunrezlik bölgan”, deb aytgan ştat gubernatori Liborio Garuya.

Ta'kidlanişiça, xavfsizlik kuçlari qöriqçilar yetişmaydigan turmalarda vaqti-vaqti bilan operatsiyalar ötkazib turadilar. Bunday reydlar davomida ba'zan mahbuslar bilan töqnaşuvlar sodir bölib turadi.