15 avgust kuni Milliy matbuot markazida Din işlari böyiça qömita, Özbekiston musulmonlari idorasi, Toşkent islom universiteti, Özbekistondagi Islom madaniyati markazi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari iştirokida anjuman taşkil etildi. Anjuman mavzusi "Mustaqillik yillarida vijdon va e'tiqod erkinligi sohasida erişilgan yutuqlar"ga bağişlandi.
Anjumanda iştirok etgan Kun.uz muxbiri Din işlari böyiça qömita vakillariga öz savollari, jumladan, öğil bolalarning neça yoşidan masjidga kirişi mumkinligi xususida murojaat qildi.
Din işlari böyiça qömita raisi örinbosari Ötkirbek Hasanboyev quyidagiça javob berdi:
“Bolalarimizni biron bir kasbga yönaltirişda maktabdagi ta'lim juda muhim hisoblanadi. Yoşlarimizni öqiş vaqtida darslarni taşlab, masjidga kelişini oldini oliş maqsadida turli tuşuntiriş işlari olib boriladi. Öqiş vaqtidan boşqa paytda baloğatga yetgan bolalarni masjidga boriş yoki bormaslik masalalarini, avvalo, fuqarolarning özlari hal etişadi. Ayrim hollarda öquvçilarning darsni taşlab, qoçgan holatlari kuzatilgani uçun ta'lim muassasalari, jamoat taşkilotlari, mahalla tomonidan bolalarni masjidga borişi masalasi yuzasidan tadbirlar ötkazib turiladi. Bolalar dastavval, ilm olişlari, din haqida töliq tasavvurga ega bölişlarini baridan muhim, deb hisoblaymiz”, dedi qömita raisi örinbosari.
Şuningdek, anjuman iştirokçilari öqiş vaqtidan taşqari bayram kunlari - Hayit namozi vaqtida 18 yoşga tölmagan bolalarning masjidga kiritilmasligini ham qayd etişdi.
"Bugungi kunda bizning masjidlarda Hayit namozi vaqtida bolalar, ösmirlar ham iştirok etişmoqda. Bu sözimni Özbekiston musulmonlari idorasi vakillari ham tasdiqlaşadi. Demak, Hayit namozi vaqtida bolalar oila a'zolari bilan birgalikda masjidga kirişlari mumkin. Agarda bunday holatlarda ularning iştirok etişiga qandaydir e'tirozlar, tösqinliklar bölsa, bizga murojaat qilişlari mumkin böladi. Biz hamkorlikda bu kabi vaziyatlarga yeçim topişga harakat qilamiz”, dedi Ötkir Hasanboyev.

















