Kun.uz tahririyati Özbekiston Xalq ta'limi vaziri Uluğbek Inoyatov bilan oçiq muloqot ötkazdi. Vazirning tahririyat jurnalisti bilan suhbatda aytişiça, Prezident Şavkat Mirziyoyev bilan 16 avgust kuni bölib ötgan uçraşuvda vazirlikning yangi öquv yiliga tayyorgarlik holati tanqidiy tahlil qilingan, oldindagi vazifalar belgilab berilgan.
“Uzoq yillar davomida maktabgaça ta'lim tizimi ança çetdan qolib ketgan edi. Buni oçiq aytişimiz kerak, xalqimiz buni juda ham yaxşi biladi. Mustaqillikka erişgunimizça bölgan davrda 10 mingdan ortiq MTM faoliyat yuritgan bölsa, bugungi kunga kelib ularning soni qariyb 5 mingga yaqin qoldi. Ötiş davrida juda köplab maktabgaça ta'lim muassasalarining yopilib ketganligi, bolalarni maktabga sifatli tayyorlaş işlarining tuşib ketganligi bu pirovard natijada ta'lim sifatining, bilim saviyasining tuşib ketişiga olib kelganligini bizga yana bir bor uqtirdilar. Bizda bugungi kunda bolalarni maktabgaça ta'lim muassasiga qamrab oliş körsatkiçi juda past darajada ekanligini aytişimiz mumkin. Bu körsatkiç bor-yöği 29 foizni taşkil etadi. Bu yerda muhim ahamiyat kasb etadigan narsa – bu 5-6 yoşdagi bolalarni qamrovini oşiriş”, - deydi vazir.

Uning aytişiça, davlat rahbari tomonidan qabul qilingan “Maktabgaça ta'lim tizimini rivojlantiriş dasturi”ga köra, mavjud maktabgaça ta'lim muassasalarini ta'mirlaş, şuningdek, ehtiyoj juda baland bölgan joylarda yangi MTMlarni quriş belgilab qöyilgan. Dasturga muvofiq. 2200 ta maktabga ta'lim muassasasining moddiy-texnik bazasini yaxşilaş uçun davlat byudjyetlaridan qariyb 2,2 trln söm ajratiladi.
Ma'lumot uçun, Xalq ta'limi vaziri Uluğbek Inoyatov bilan oçiq muloqotning töliq şakli tez orada saytda taqdim etiladi.

















