Özbekiston lotin alifbosida qolgani yaxşimi yoki kirill alifbosiga qaytiş kerakmi? Ayni vaqtda özbekistonliklar şu mavzuni keng muhokama qilmoqda. Tafsilot.uz saytida şu mavzudagi yana bir maqola naşr etildi.

Istibdod yillarida milliy mustaqillik uçun kuraş tilga rasmiy — davlat tili maqomini beriş uçun kuraşdan boşlangani köpçilikning yodida. 1989 yil 21 oktabr kuni «Davlat tili töğrisida»gi qonun qabul qilinib, özbek tiliga davlat tili maqomi berildi.

Oradan ikki yil ötib, mustaqillikka erişilgandan söng lotin alifbosiga ötiş harakatlari boşlandi, buning uçun tegişli hujjatlar ham qabul qilindi, ötiş muddatlari belgilandi, biroq qaysidir sabablarga köra bu iş oxiriga yetmay qoldi va uşbu muammo haqida gapirişga oğzaki taqiq qöyildi.

Sönggi bir yil içida mamlakat hayotida röy bergan voqealar oşkoralikka yöl oçayotgani sababli boşqa masalalar qatori uşbu muammo ham tilga olina boşladi va tez orada uning hal bölişiga umid uyğondi. Adabiyotşunos Şuhrat Rizayev yaqinda «Kitob dunyosi» gazetasi orqali mamlakat prezidentiga murojaat qilib, boşqa masalalar qatori alifbo muammosini ham kötardi. Uşbu öta nozik, şu bilan birga, hal etilişi mamlakat rahbariyatining siyosiy irodasini talab qiladigan masala ijtimoiy tarmoqlarni junbişga keltirdi.

Hatto şu kunlarda asli Özbekistonda tuğilmagan özbeklarning uşbu masala yuzasidan Özbekiston prezidentiga murojaati internetda şov-şuvlarga sabab bölmoqda: «Biz lotin yozuvi orqali ota yurtimiz Özbekiston bilan qayta boğlana oldik!.. Biz Özbekistonda tuğilmagan özbeklar kuni keça özbekistonlik bir adabiyotşunos «kirill yozuviga qaytaylik» degan oçiq xatni sizning qabulxonangizga yuborganini eşitib, haqiqatan yana ma'naviy aloqamiz uziladi degan xavotirga bordik» (uslub va imlosi saqlandi).

Albatta, Şuhrat Rizayevday olimning uşbu muammoni hal etişni istab, taklifni örtaga taşlagani durust — past-balandni biladi. Biroq uning «lotin alifbosi, mutaxassislar fikriça, tilimiz tabiatiga unçalik muvofiq emas» degan gapini adabiyotşunos olimning gapi deyiş qiyin. Agar bu taklifni u emas, biror matematik yoki kimyogar olim örtaga taşlaganda, filolog emas-da deb tuşunsa bölar edi. Lekin tuppa-tuzuk olimning köra-bila turib, alifbo haqida bunaqa fikr bildirişi odamni öyga toldiradi.

Keling, gapning pöskallasini aytaylik: yangi alifbomizning bugungi ahvoli uçun alifbo emas, özbek tilidagi tovuşlarni ifoda etiş uçun mos harflarni tanlay olmagan, özlariça aravaning ğildiragini yangidan «kaşf qilgan» tilşunos olimlar aybdor.