Oxirgi vaqtlarda O‘zbekiston bozori turli-tuman ham milliy, ham chet el kiyim-kechak brendlari bilan to‘lib toshdi. Bugun ko‘p sonli savdo markazlari va do‘konlar bizga tanlash uchun kiyim-kechak modellarining yuzlab turlarini taklif qilishmoqda. Ularning orasida sekin-asta milliy mahsulot o‘zining tegishli o‘rniga ega bo‘lmoqda.
Lekin, har doim ham shunday bo‘lganmi? Aytaylik, bundan 10 yil avval shunday tanlash imkoniyati bormidi?
Sovetlar davridan keyingi yillar vatanimiz zavod va fabrikalariga beshafqat zug‘um o‘tkazdi. Ular Ittifoq tarqab ketganidan so‘ng, qisqa muddat ichida barcha buyurtmalardan mahrum bo‘lishdi, mutaxassis va ishchilar esa ishsiz qolishdi, uskunalar to‘xtab qolib, kichik-kichik sexlarga sotib yuborildi, infratuzilmadan asar ham qolmadi. Xitoy va Turkiya tovarlarining importi gullab, yashnadi, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga esa e'tibor juda susaydi.
Yuqoridagi savolga javob hammaga ayon: Xitoy va Turkiya mahsulotlari tezyurar bolid tezligida tarqalsa, mahalliy mahsulot ishlab chiqarish sur'atlari chaqaloqning qat'iyatsizlik bilan qo‘ygan qadamchalariga o‘xshardi.

Xalqimizning «O‘tirgan bo‘yra, yurgan daryo» degan dono iborasining isboti va misoli sifatida zamonaviy Fratelli Casa milliy kiyim-kechak brendining aniq va puxta ishlab chiqilgan rivojlanish strategiyasini keltirish mumkin.
Hayron bo‘lmang, aynan Fratelli Casa. Uning italyan tilidan tarjimasi «Aka-ukalar uyi» ma'nosini bildiradi va unga tug‘ishgan aka-ukalar Sherzod va Shoxruh tomonidan 2006 yilda Toshkentda asos solindi. Brendga bunday nom berilgani bejiz emas, chunki o‘sha paytda brendni o‘zbek tilida nomlash, bu tanazzulga yuz tutish, degani edi. O‘shanda brendning nomi xaridorlar uchun yo‘naltiruvchi mayoq vazifasini o‘tardi. Bundan keyin mahsulot sifati, assortimenti, keyingi yillarda esa xaridorlar bilan ishlash tizimi ustida bevosita mehnat qilish kerak edi.
Bugunga kelib, bizning o‘zbek italyanimiz erishgan natijalar yomon emas: yilning to‘rtta mavsumi uchun ayollar va erkaklar kiyim-kechaklari, yiliga 200 dan ko‘proq model, matolarning xilma-xilligi, sifatni yaxshilash yo‘lidagi doimiy harakatlar, lekin, eng asosiysi, Fratelli Casa asoschilari aytganidek, xaridorlar bilan ishlash tashkillashtirildi.

Sanab o‘tilganlarning oxirgisi ushbu brend uchun eng muhim jihat sanaladi, chunki o‘z iste'molchisini eshita bilish va asosli suhbat yurita olish o‘z natijasini berishi tayin. Fratelli Casa o‘z iste'molchilari bilan munosabatlarining mustahkam ko‘prigini yarata oldi, ular esa, birinchi navbatda, xaridorlarning foydasini ko‘zlagani uchun brendni qadrlashadi. Qancha sarmoya tikkaningiz muhim emas, balki keyinchalik xaridoringizga aylanishi mumkin bo‘lgan iste'molchingizning hissiyotlarini qanchalar yaxshi tushunishingiz muhimdir.




















