Avval xabar berilganidek, tahririyat Özbekiston Xalq ta'limi vaziri Uluğbek Inoyatov bilan oçiq muloqot ötkazdi. Vazirning tahririyat jurnalisti bilan suhbatda aytişiça, Prezident Şavkat Mirziyoyev 16 avgust kuni bölib ötgan uçraşuvda maktabgaça ta'lim tizimini isloh qilişdagi kamçiliklarni oçib, xalq ta'limi tizimidan maktabgaça ta'lim tizimini alohida vazirlik sifatida ajratib çiqiş kerakligi, ya'ni, Maktabgaça ta'lim vazirligini taşkil etiş kerakligi, respublikadagi 5 mingta boğçalarni rivojlantiriş lozimligi masalasini qöygan.

“OAVda ta'lim tizimida 2 ta vazirlik kimga kerak, degan savol tuğilgan edi. Bizning boşqaruv tuzilmamizdan olib köradigan bölsa, Xalq ta'lim vazirligi – bu juda keng kölamga ega vazirlik. Tizimda 775 ming xodim faoliyat yuritadi. Bu tizimni boşqarişni muşkulligini barça köz oldiga keltira olsa kerak. Ana şu nuqtai nazardan prezidentimiz bu alohida vazirlik bölişi kerak, maktabgaça ta'lim tizimi uçun alohida e'tibor qaratişimiz lozim, degan masalani qöydilar”, - deydi vazir.

Uning aytişiça, Prezident bilan bölib ötgan uçraşuvda maktabning yangi öquv yiliga tayyorligi tanqidiy tahlil qilingan. Qayd etilişiça, bu yildan boşlab maktabning 10-sinflarida ta'lim yana davom ettiriladi. Bu yil respublika böylab 9-sinflarni 467 ming öquvçi bitirib çiqqan bölib, ulardan 352 ming nafari 10-sinflarda öqişni davom ettiriş istagini bildirgan. 
 
Ma'lumot uçun, Xalq ta'limi vaziri Uluğbek Inoyatov bilan oçiq muloqotning töliq şakli tez orada saytda taqdim etiladi.