17 avgust kuni Toşkent viloyatining Olmaliq şahrida Milliy telekanali taşabbusi bilan Özbekistondagi eng katta palov tayyorlandi. Ekspertlarning qayd etişiça, rekord miqdordagi uşbu taomning oğirligi 6 tonnani taşkil etdi.

Palov diametri 4,2 metr, hajmi deyarli 8 ming litr bölgan qozonda tayyorlandi. Uşbu qozon Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida mazkur tadbir uçun maxsus quyildi. Qozonning umumiy oğirligi 7 070 kg, çuqurligi 1 metr. Öçoqning oğirligi esa deyarli 3 tonnani taşkil qildi.

Palovni tayyorlaş uçun rekord miqdordagi masalliqlardan foydalanildi. Xususan, 826 kg mol göşti, 825,5 kg qöy göşti, 195 kg dumba va eng asosiysi, 1 650 kg guruç qozonga solindi. Şuningdek, 2 400  kg sabzi, 185 kg piyoz, 350 litr ösimlik yoği, 480 kg tuz işlatildi hamda 4,5 kg zira, 165 kg zirk, 90 kg nöxat va 3 kg qora murç bilan palovning ta'mi rostlandi.

Uşbu palovni tayyorlaş uçun Özbekistonning 50 dan ziyod taniqli oşpazlari jam bölişdi. Ular taomni 2 metrdan uzunroq kapgirlarda aralaştirib, suzişdi.  

Tayyor taom tadbir mehmonlari hamda Olmaliqning 22 mingdan ziyod aholisiga tarqatildi.

Umumiy hisobda, mega palovni tayyorlaş, tarqatiş – taşkilotçilik işlariga 150 kişi hissa qöşdi.

Milliy telekanali ma'lumotlariga köra, bu tadbir dunyodagi eng katta palovni tayyorlaş oldidan repetitsiya jarayoni edi. Özbekistonda tayyorlangan  eng katta palov böyiça dunyo rekordini örnatiş va uni Ginnes rekordlari kitobiga kiritiş uçun rasmiy uriniş şu yilning 8 sentabrida Milliy telekanalining 1 yilligi munosabati bilan ötkaziladigan "Özbegim" Milliy qadriyatlar festivali doirasida bölib ötadi.