Buyuk Britaniya şahzodasi Uilyam va Keyt Middltonning 2011 yildagi nikoh töyidagi bayramona tortning bir bölagi auksionda sotuvga qöyildi. Bu haqda ForbesLife tvitterdagi sahifasida ma'lum qildi. 

Ma'lum qilinişiça, tort bölagi sotiladigan auksion 27 sentabrda bölib ötadi. Auktsion taşkilotçilarining aytişiça, ular tortni bir neça ming funt sterlingga sotişni möljallaşmoqda.  

Ta'kidlanişiça, uşbu tortni yaratiş uçun qandolatçilarga 5 hafta vaqt kerak bölgan. Aynan şu tort şahzoda Uilyamning Bukingem saroyidagi töyining boş bezagi bölgan.

Ma'lum qilinganidek, 10 avgustda qiroliça Yelizaveta II taxtni tark etgandan keyin taxt uning nabirasi – şahzoda Uilyamga topşirilişi haqida rasmiy bayonot bergan. Qiroliçaning bu bayonoti u taxtning berilişidagi vorisiylik va taxtga egalik qiliş huquqida öğli Çarlzni istisno qilganini anglatadi. Qiroliça bunday qarorini uning öğlidan yoş bölgan yangi avlod Vindzorlar uyi farovonligi kafolati bölişi mumkinligi bilan tuşuntirgan.