Ma'lumki, keyingi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda Majburiy ijro byurosi faoliyati yuzasidan qator norozilik kayfiyatdagi xabarlar çiqmoqda. KUN.UZ tahririyatiga ham bu kabi murojaatlar bölib turibdi. Jumladan, kuni keça tahririyatga Surxondaryo viloyati, Boysun tumani, Quduqsoy qişloğidan Nasiba Alimova keldi. U öz murojaatida Majburiy ijro byurosi faoliyatidan şikoyat qildi.  

Alimovaning ma'lum qilişiça, joriy yilning 18 yanvar kuni notariusdan ijro qoğozini olib, ijro byurosi bölimiga borib topşirgan. Oradan 8 oy ötsa hamki, heç qanday natija yöq ekani, ularning undirişmayotgani aytildi.

“Men Hazratqulov Ikromjon ismli fuqaroga 27 million 950 ming söm qarz berganman. U Yangiyöl tumani, "Eski qovunçi" mahallasida yaşaydi. Uşbu fuqaroga notarius qarz şartnomasi orqali qarz berilgan. U turmuş örtoğimning tanişi. 2015 yil 6 aprel kuni 20 kun muhlatga olgan, oradan mana 2 yil muddat ötdi. Haligaça qaytarib bermadi. Sud orqali işonçnoma yordamida undirişga qaror qildim. Özim ijarada yaşayman, 2 nafar voyaga yetmagan farzandim bor. Hozir juda ham muşkul ahvoldaman”, - deydi ayol.

Uning aytişiça, Majburiy ijro byurosiga ijro xatini borib topşirganidan söng, Yangiyöl majburiy ijro byurosi qabulxonasiga may oyida qönğiroq qilib işi kimda va qanday jarayonda ekani haqida qiziqqan. U yerdagi xodim esa – Pirmatova Marhabo ismli ayol unga qöpollik bilan munosabatda bölgan. 

“U kerak bölsa, kelib tekşirib kör, dedi. Bundan taşqari, oğizga olib bölmaydigan turli sözlar bilan haqorat qildi. Nima Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili ularga tegişli emasmi? Prezidentimiz fuqarolarni qabul qilinglar, muomala qilinglar, deb aytmoqdalar-ku?! U xodim esa “Bu telefon mening şaxsiy telefonim, xohlaganimni gapiraman”, deb menga qöpollik qilayapti. Men esa Surxondaryoda yaşayman, hozir borişga imkoniyatim yöq, deb tuşuntirdim. Kerak bölsa, kelasan, dedi. Söng Feruza Akbarova ismli xodimga iş ötgan deyişdi. Uning oldiga 15 marotaba borib keldim. Menda emas iş, dedi. Xalq qabulxonasiga murojaat qildim, u yerdan ularga buyruq berişdi: “Şu nusxalar bilan işni köraverasan” deb. Keyin menga tegişli bölgan iş şkafining tagidan çiqdi. Borganimdan söng öşa yerda çang bosib yotganini kördim. Söng işni ijroga qöyişdi, Feruza Akbarova ismli xodim şuğullandi. Qarzimni 500 ming, 1 million qilib undirib berişdi, boşqa undirişmadi. 15 marotaba borganimda har xil bahonalar bilan aldaydi. Bekzod Sotiboldiyev ismli boşliğining oldiga ham kirdim, “Qölimizdan kelganini qilmoqdamiz, xodimlarimiz işlaşmoqda”, dedi. Jismoniy şaxslarning murojaati töğrisidagi qonunga köra neça kun, desam, 30 kun deyildi. 30 kundan neçtasi ötdi-ku? Söng ular 4 ijroçini qöşib berişdi, öşa qarzdorning uyiga bordik. Arzimaydigan narsalarni xatlab olişdi. Keyin ma'lum bölişiça, qarzdor bir ijroçining qarindoşi ekan, şuning uçun orqaga surib, şunday öyinlar qilişayotgan ekan. Undan keyin portalga yozdim, natijasiz javob xati keldi”, - deydi Alimova.