Mutaxassislar Şimoliy Koreya armiyasi raketa-yadro qömondonligi joylaşgan hududni aniqlaşdi. Qömondonlik joylaşgan hududdan olingan videotasvirlar orqali biliş uni aniqlaş imkonipaydo böldi.
KXDR raketa-yadro kuçlari qömondonligi Pxenyandan atigi 40 km uzoqlikda joylaşgan toğ daralaridan birida. Bu haqda Janubiy Koreyaning MBC telekanali xabar qilmoqda.
Jurnalistlarning taxmin qilişlariça, uşbu strategik ştab joylaşgan tumanni KXDR harbiylarining özlari ham yaşirişmayapti. Telekanal bunda Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In iştirokidagi videolavhaga asoslanmoqda. Videoda strategik kuçlar qömondonligida sayr qilib yurgan davlat rahbarini köriş mumkin.
Garçi lavhada aniq joy körsatilmagan bölsa-da, ekspertlar uning qayerdaligini binolarning joylaşuvi va boşqa belgilaridan tanişgan. Mutaxassislar sun'iy yöldoşlar orqali olingan suratlar vositasida majmua Janubiy Pxyonan viloyatidagi Sonçxon tumani Pekvon qişloği yaqinida joylaşganini aniqlaşdi.
Şu yerning özida qurilgan temir yöl tarmoği ta'minlaş va köçiş işlarini osonlaştiradi. Qarorgohning asosiy binolari ğorga yaşirilgan. Ularning toqqa yaqin joylaşuvi aviazarbalar çoğida xavfsizlikning yuqori darajasini ta'minlaşi kerak.

















