2017 yilning 22 avgustidan boşlab «GM Uzbekistan» AJning Asaka şahridagi zavodida har yilgi rejali profilaktika işlarini amalga oşiriş boşlanadi. Bu işlarning tasdiqlangan rejasiga muvofiq amalga oşiriladi, deb xabar bermoqda «GM Uzbekistan» matbuot xizmati.
Ma'lum qilinişiça, tadbirlar doirasida asosiy va qöşimça texnologik uskunalar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari profilaktik körikdan ötkaziladi hamda ularga texnik xizmat körsatiladi, şuningdek, kuzgi-qişki mavsumga korxonani tayyorlaş böyiça rejali ta'mirlaş işlari bajariladi.
Ta'kidlanişiça, «GM Uzbekistan» AJning tayyor mahsulotni yetkazib beriş böyiça barça şartnoma majburiyatlari öz vaqtida hamda töla hajmda bajariladi. Rejali profilaktik işlarning amalga oşirilişi avval şartnoma imzolangan avtomobillarni yetkazib beriş jadvaliga ta'sir ötkazmasligi ma'lum qilindi.
Qayd etilişiça, avtomobillarni işlab çiqariş 2017 yilning 11 sentabridan tiklanadi.

















