18 avgust kuni Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari institutida Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasi”da belgilangan vazifalardan kelib çiqib “Harakatlar strategiyasi xonasi” ning rasmiy oçiliş tadbiri bölib ötdi.

Tadbirda Respublika “Taraqqiyot strategiyasi markazi” ijroçi direktori Akmal Burxonov, Oliy maktab fanlari xalqaro akademiyasining Özbekiston bölimi prezidenti, «Özbekistonda xizmat körsatgan fan arbobi», akademik Oqil Umurzoqoviç Salimov, siyosatşunos olimlar, jamoatçilik vakillari, institut professor-öqituvçilari va “Yoşlar ittifoqi” faollari iştirok etdi.

Tadbir davomida “Taraqqiyot strategiyasi markazi” ijroçi direktori Akmal Burxonov sözga çiqib “Harakatlar strategiyasi xonasi”ning maqsad va vazifalariga alohida töxtalib ötdi hamda bu xonaning oçilişida yuqori darajadagi tayyorgarlik uçun institut rahbariyatiga minnatdorçilik bildirdi.