2024 yil 22 iyun kuni Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti Madaniyat saroyida 2023-2024 öquv yilida bakalavriat bosqiçini tamomlayotgan bitiruvçi kurs talabalarining “Bitiruvçi-2024” tadbiri ötkazildi. 

«Respublikamiz Oliy ta’lim tizimida alohida tarixiy voqelik sifatida şuni e’tirof etiş kerakki, dunyoning eng nufuzli ta’lim tizimidagi tahliliy agentlik Quacquarelli Symonds (QS) world ranking university 2024 yilda dunyoning eng nufuzli universitetlari reytingini e’lon qildi. Bu reytingda Özbekistondagi oliy ta’lim muassasalari tarixida birinçi bor Top-550 ta dunyoning eng nufuzli universitetlari qatoriga Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti milliy tadqiqot universiteti reyting natijalariga köra 547-örinni egalladi.

2023-2024 öquv yilida universitetni 2020 nafar talaba bitirmoqda şundan, Iqtisodiyot fakultetining 127 nafar bitiruvçilaridan 18 nafari universitetni imtiyozli diplom bilan tamomladi. Bitiruvçilarning 98 nafari (77 foiz) bitiruv oldi amaliyotni ötagan taşkilotlarda rasmiy iş faoliyatini boşladi. Bitiruvçilarning 3 nafari xorijiy nufuzli oliy ta’lim muassasalarning magistratura dasturlariga qabul qiliş böyiça taklif olgan, 28 nafari B2 va C1 darajali xorijiy til biliş sertifikatlariga ega», deyiladi universitet matbuot xizmati xabarida.

22 iyun kuni universitetning madaniyat saroyida bitiruvçi talabalar hayotida unutilmas quvonçli va hayajonli daqiqalarga boy bölgan tadbir ötkazildi. Madaniyat saroyida “Bitiruvçi - 2024” diplom topşiriş marosimiga katta tayyorgarlik körilgan.

Zalga rektorat a’zolari, fakultet jamoasi, professor-öqituvçilar, talabalar va ularning ota-onalari va barça yaqinlari taklif etilgan.

Bitiruvçi talabalar hamda ularning ota-onalarini tabriklaş uçun TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti rektori, professor Bahodir Suyunoviç Mirzayev çiqiş qildi.