Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Suriya hukumatiga kimyoviy qurol qo‘llanilishi yuzasidan maxsus bayonot bilan chiqdi
AQSh davlat departamenti Suriya poytaxti Damashq yaqinidagi Sharqiy Guteda kimyoviy hujum amalga oshirilganiga to‘rt yil to‘lishi munosabati bilan bayonot berdi. Vashingtonning fikricha, o‘sha hujumga Suriya hukumati aybdor.
AQSh ma'muriyatining bildirishicha, 2013 yilda ushbu hodisalar natijasida 1400 dan ortiq kishi halok bo‘lgan.
«Suriya prezidenti Bashar Asadning rejimi kimyoviy qurol qo‘llashni to‘xtatishi, o‘zining kimyoviy qurol zaxiralarini ro‘yxatdan o‘tkazishi va kimyoviy qurolni taqiqlash tashkiloti bilan hamkorlik qilishi lozim», - deyiladi xabarda.
Davlat departamentidan ta'kidlashlaricha, Damashq kimyoviy qurolning qo‘llanilishiga doir xalqaro huquq, normalar va standartlarga rioya etmasa, tegishli javob choralariga uchraydi.
Avvalroq Suriya AQSh va Britaniyani terrorchilarga zaharli moddalarni yetkazib berishda ayblagandi.
Mavzuga oid
13:30 / 07.02.2026
AQSh elchisi Polsha Seymi spikeri bilan aloqalarni uzmoqda
11:19 / 07.02.2026
Tramp: Eron bilan muzokaralar yaxshi ketyapti, unga kelishuv qiziq
09:31 / 07.02.2026
Tramp Hindistonga Rossiyadan neft sotib olishdan voz kechishi evaziga boj to‘lovlarini bekor qildi
09:02 / 07.02.2026