Koreya xalq armiyasining Janubiy Koreya bilan çegaradoş Pxanmunjom punktidagi harbiy qömondonligi AQŞ va Janubiy Koreya Ulchi Freedom Guardian qöşma harbiy maşğulotlarini boşlagani sababli "şafqatsiz öç oliş" bilan tahdid qildi. Pxenyan ma'muriyati bu maşğulotlarni qurolli mojaro oldidan tayyorgarlik sifatida qabul qilmoqda, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
"Ular töğri tanlovni amalga oşirişi kerakligi haqidagi bizning ogohlantirişlarimizga e'tibor bermaganlari va xavfli harbiy fitnani uyuştirişganidan keyin şafqatsiz qasos va jazodan qutilib qola olmaydi", — deyiladi KXDR harbiy qömondonligi bayonotida.
Harbiy maşğulotlarni AQŞ HDK Tinç okeani qömondonligi rahbari admiral Garri Harris, HHK Strategik qömondonligi rahbari Jon Hayten va RQM markazi direktori Semyuel Grivzlarning bevosita kuzatişi şimoliy koreyalik harbiylar noroziligiga sabab böldi.
"Qöşma Ştatlar bizning harbiy qudratimiz uçirişga şay holatda turganini unutmasligi kerak", — deya yodga olişgan KXDR harbiylari.
"Harbiy maşğulotlar keltirib çiqaradigan halokatli oqibatlar uçun javobgarlik biz bilan harbiy qarama-qarşilik yölini tanlagan AQŞ zimmasidadir", — deyiladi bayonotda.
21 avgustda boşlanib 10 kun davom etadigan UFG harbiy maşğulotlarida 50 mingga yaqin janubiy koreyalik harbiy xizmatçilar va 17,5 ming amerikalik harbiylar qatnaşmoqda.

















