Rossiya 8 avgustda Bosniya va Gertsegovinaga bir vaqtda 125,2 mln dollar tölab, sobiq ittifoqning bu davlat oldidagi qarzini uzdi. Bu haqda Rossiya moliya vazirligida ma'lum qilingan.
Rossiya hukumati hamda Bosniya va Gertsegovina vazirlar kengaşi örtasidagi sobiq Ittifoqning u va Yugoslaviya örtasidagi savdo aylanmasi bilan boğliq majburiyatlarini tartibga soliş haqidagi kelişuvga köra, Bosniya va Gertsegovina oldidagi 125,2 mln dollarlik qarz uzildi. Bu kelişuv 2017 yil 21 mart kuni imzolangan va 20 iyulda kuçga kirgan.
Bosniya va Gertsegovina sobiq ittifoq yoki Rossiyaning hali qarzi uzilmagan sönggi xorijiy kreditor davlati bölgan.
Rossiyaning taşqi qarzi qismida faqatgina Janubiy Koreya oldidagi 594,3 mln dollarlik qarz tölanmagan bölib qolmoqda. Ikki davlat örtasidagi kelişuvga köra, bu qarz 2025 yil oxirigaça uziladi.

















