Nigeriyada jangarilar tomonidan xudkuş sifatida hujumlarni sodir etiş uçun 80 dan köproq boladan foydalanilgan. Bu haqda jurnalistlarga BMT boş kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik ma'lum qildi.
U YUNISEFning ma'lumotlarini keltirib ötdi. Ularga köra, joriy yil boşidan beri teraktlar amalga oşirgan bolalar soni ötgan yilning şu davriga nisbatan 4 marta köproqni taşkil qilmoqda.
“2017 yil boşidan 83 bola, jumladan 55 qiz portlaşlarni sodir etişda qöllangan. Ulardan köpçiligi hali 15 yoşga ham tölmagan bölgan”, deb aytgan Dyujarrik.
Uning ta'kidlaşiça, “Boko harom” radikal guruhi bu teraktlar uçun javobgarlikni har doim ham öz zimmasiga olmagan.
IŞIDga sodiqlikka qasamyod keltirgan uşbu guruh va Nigeriya armiyasi örtasidagi qarama-qarşilik 8 yildan beri davom etmoqda. Bu vaqt içida 2 mln dan köproq odam öz uyini tark etgan, deyarli 7 mln kişi gumanitar yordamga ehtiyoj sezadi.
Nigeriyada oxirgi yirik terakt mamlakatning şimoli-şarqida 15 avgustda sodir etildi. Hujum xudkuş qizlar qöllangan holda amalga oşirilgan, ular tanalariga mahkamlangan portlovçi qurilmani Mayduguridagi bozor va qoçqinlar lageri yaqinida portlatganlar. Buning oqibatida 30 kişi halok bölgandi, 80 dan köproq kişi yaralangandi.

















