Özbekiston iqtisodiyotida barqarorlikni ta'minlaşning muhim yöllaridan biri — bu taşqi savdo faoliyatida ijobiy natijaga erişişdan iboratdir. Boşqaça qilib aytganda, mamlakatga çetdan olib kelinadigan tovarlar (zamonaviy asbob-uskunalar, noyob dori-darmonlar, quriliş materiallari va hokazolar) sotib oliş uçun xorijiy valyutalar miqdori yetarli bölişi lozim.
Jahon moliyaviy inqirozining salbiy oqibatlari ta'sirida Özbekiston eksport qiladigan ayrim tovarlarning eksport narxlari pasayib ketdi. Bunga tabiiy gaz, paxta tolasi, mis va boşqa mahsulotlarni misol keltiriş mumkin. Buzilgan muvozanatni tiklaşning aniq yöllaridan biri — bu meva-sabzavot va poliz mahsulotlarini köproq çetga çiqarib sotiş evaziga zarur, özimizda işlab çiqarilmaydigan tovarlarni olib kelişdan iborat.
Öz-özidan tuşunarliki, bu amaliyotning salbiy tomoni ham mavjud, ya'ni içki bozorda mahsulot kamayadi va narxlarning oşib ketişiga olib keladi, bu esa şahar aholisining, jumladan, qöşimça daromadga ega bölmagan oilalarning asosli e'tiroziga olib kelmoqda.
Albatta, bu vaqtinçalik holat va yaqin kelajakda qişloq xöjaligidagi tarkibiy özgarişlar özining ijobiy natijasini beradi. Şunday bölsa-da, vujudga kelgan holatlarga befarq böliş mumkin emas va mavjud imkoniyatlardan kelib çiqib tegişli çoralarni amalga oşiriş maqsadga muvofiq bölar edi.
Jumladan, poytaxtda taşkil etilayotgan qişloq xöjalik mahsulotlari yarmarkalarini viloyatlar va sanoat markazlarida taşkil etiş lozim. Bundan taşqari, şahar aholisi ziç joylaşgan hududlarda maxsus transport vositalaridan foydalanib, eng zarur bölgan kundalik ehtiyoj mahsulotlari, jumladan, baliq savdosi taşkil etilsa, narxlarning pasayişiga erişiş mumkin.
Buning uçun mahalliy boşqaruv organlari fermerlar uyuşmasi yoki agrofirmalar bilan boğlanib, şahar aholisiga töğridan-töğri mahsulot yetkazib berişni yölga qöyişi lozim. Bu işning natijadorligi mahalla raislarining ham taşkilotçilik qobiliyatiga boğliq. Ular mahalla şaroitidan kelib çiqib kartoşka, meva-sabzavot, poliz mahsulotlari sotişni taşkil etiş uçun turli xil imkoniyatlar izlasa va şu yöl bilan öz aholisini ijtimoiy himoya qiliş yölida jonbozlik körsatsa, nur ustiga a'lo nur bölar edi.
Bir vaqtlar şahar aholisini meva-sabzavot bilan ta'minlaşga xizmat qiladigan maxsus çakana savdo taşkiloti bor edi. Hozirgi vaqtda ham bunday taşkilot kerakligi yaqqol bilinib turibdi. Nega deganda, bu taşkilot yordamida şahar aholisini nafaqat sifatli va arzon mahsulotlar bilan ta'minlaş, balki pulning bankdan taşqari aylanişini keskin kamaytiriş ham mumkin.
Mantiqan fikr yuritganda, aholining oddiy kartoşka va pomidor uçun dehqon bozoriga borişi va u yerda mustahkam örnaşib olgan olibsotarlarga duç kelişi şart emas. Bozorga odamlar kattaroq savdo qilişga, töy-marosimlar uçun xarid qilişga borişi kerak. Xulosa şuki, mamlakatimizda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlardan bu soha ham çetda qolib ketmasligi kerak.















