Nodir Otajonov boş vazirning yangi örinbosari etib tayinlandi. Bu haqda «Kun.uz» manbasi xabar berdi.

Otajonov hukumatda Uluğbek Röziqulov örnini egalladi. Endi u Eksport salohiyatini va maşinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantiriş, mahsulotlarni standartlaştiriş masalalari kompleksining rahbari hisoblanadi.

Nodir Otajonov 1967 yili Namangan viloyatining Yangiqörğon tumanida tuğilgan.

Ma'lumoti - oliy. 1993 yilda Andijon qişloq xöjalik institutini tamomlagan, 1999 yilda – Namangan muhandislik-pedagogika institutini, 2000 yilda - Özbekiston Respublikasi Bank va Moliya akademiyasini bitirgan. Muhandis-mexanik, iqtisodçi, moliya magistri.

Oilali, ikki farzandi bor.

Nodir Otajonov bungaça «Özqişloqxöjalikmaşlizing» aksiyadorlik lizing kompaniyasini boşqargan, 1993 yildan 2007 yilgaça Moliya vazirligi tizimida işlagan.