Nodir Sobiroviç Otajonov boş vazir maslahatçisi lavozimidan ozod qilindi. Bu ma'lumotni Kun.uz manbasi tasdiqladi.

Şu bilan birgalikda u «Özagrotexsanoatxolding» AJ boşqaruv raisi lavozimini saqlab qolgan.

Öz vaqtida boş vazir örinbosari - Taşqi savdo faoliyatini, eksport salohiyatini, maşinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, mudofaa, paxtani qayta işlaş sanoatini va yengil sanoatni rivojlantiriş, mahsulotlarni standartlaştiriş masalalari kompleksi rahbari lavozimida işlagan Nodir Otajonov 2019 yil yanvarida prezident administratsiyasiga ötkazilgan, 2019 yil iyulida esa Özbekiston Respublikasi Boş vaziri maslahatçisi - «Özagrotexsanoatxolding» aksiyadorlik jamiyati boşqaruvi raisi etib tayinlangandi.

Bundan avvalroq, Moliya vaziri Jamşid Qöçqorov Iqtisodiyot va sanoat vaziri lavozimiga ötkazilgani, uning örnini birinçi örinbosari Timur Işmetov egallagani, Iqtisodiyot va sanoat vazirligining endilikda sobiq rahbari Botir Xöjayev esa boş vazir maslahatçisi etib tayinlangani xabar qilingandi.