23 avgust kuni Xalqaro Press-klubda bölib ötgan navbatdagi sessiyada Xalq ta'limi vazirligi rahbariyati iştirok etib, OAV vakillarini qiziqtirgan savollarga ham javob berdi. Xususan, unda öqituvçilarning turli öz majburiyatlariga kirmaydigan işlarga jalb qilinişi masalasi ham kötarildi.
“Sönggi vaqtlarda, aniqroği 2-3 oyda ijtimoiy tarmoqlarda öqituvçilarni majburiy mehnatga jalb etilişi bilan boğliq turli xabarlar paydo bölmoqda. Farğona viloyatidagi tuman xalq ta'limi mudirasi yoki Samarqand viloyatida öqituvçilarning öz xohişlari bilan şunday işlarga çiqiş istaklarini taşkillaştiriş kabi gap-sözlar foydalanuvçilar tomonidan istehzo bilan qabul qilindi. KUN.UZ internet naşriga bergan intervyungizda esa, öqituvçi, kimdir unga u-bu işni qil desa, işni taşlab ketvermasligi kerak, degan ma'noda munosabat bildirilgan. Lekin bizning nazdimizda, öqituvçini kimdir himoya qilişi kerak. Ular öz işini yöqotmasligi, öşa hududda quvilgan kişiga öxşab qolmasligi uçun kimlardir ularni qöllab-quvvatlaşi kerak. Ammo, afsuski, Xalq ta'limi vaziri bu jarayonlarga öz munosabatini bildirmadi. Umuman, kelgusida vazirlik şu kabi holatlarga öz munosabatini bildirişi mumkinmi?”, - degan savolni örtaga taşladi jurnalistlardan biri.
Bu savolga javob bergan Xalq ta'limi vaziri Uluğbek Inoyatov öqituvçilar maktablarni obodonlaştiriş işlarida qatnaşişlari kerakligi, ammo qonunda belgilanmagan tarzda işga majburlansa, öz huquqlari poymol qilinsa, özlari ham kuraşişlari kerakligini aytdi.
“Umuman, bu, ya'ni öqituvçilarning öz vazifalariga kirmaydigan işlarga jalb etilişi masalasiga hamma yerda munosabat bildirilayotgani uçun, şu kabi holatlar borligidan dalolat beradi va xuddi şunday holat bor ekan, degan fikrga olib keladi.
Öqituvçi özining ta'lim jarayonidan taşqari ta'lim muassasasining jamoat işlarida, obodonlaştiriş işlarida qatnaşişi şart. Ammo, vazirlik öqituvçilarning bundan boşqa majburiy işlarga jalb qilinişi yuzasidan qanday munosabat bildirişi mumkin? Albatta, salbiy munosabat bildiradi.
Bundan taşqari, vazirlik öqituvçilar şunday işlarga jalb qilinsin, deb me'yoriy hujjatlarida belgilab ham bermagan. Vazirlik, öqituvçilarni huquqiy jihatdan himoya qiladi.
Ammo, jamoatçilik, öqituvçining özi, maktab rahbariyati, tumandagi faollar-çi? Ular (majburiy mehnatga jalb qilinayotgan) öqituvçini himoya qilişmaydimi? Yoki u öz huquqini özi himoya qilmaydimi?, degan masala turibdi. Vazirlikdan borib, öşa öqituvçi huquqi buzilayotganidan xabar topiş (imkonsiz), bilasizmi vazirlikda 50 kişi işlaydi. Bizning tizimda 400 mingdan ortiq öqituvçi faoliyat yuritadi. Uning huquqi buzilayotganini birinçi navbatda özi biladi-ku. Nima uçun öqituvçi öz huquqi buzilişiga özi yöl qöyib beradi. Nima uçun öz haq-huquqini talab qilmaydi?, degan savolniyam qöyişimiz kerak.

















