Rossiyalik aralaş uslub jangçisi Habib Nurmagomedov amerikalik boksçi Floyd Meyvezer va irlandiyalik UFC çempioni Konor Makgregor örtasidagi jangga şarhlovçilik qiladi. 

“Jangga Habib Nurmagomedov va Roman Mazurov şarhlovçilik qiladilar” deb aytgan TeleSport Digital rahbari Ilya Rustamov.

Rustamovning aytişiça, jang namoyişi bir neça internet-resurslarda, jumladan “VKontakte” ijtimoiy tarmoğida amalga oşiriladi. 

Ançadan beri kutilayotgan bu jang 26 avgustda Las-Vegasdagi MGM Grand arenasida bölib ötadi.

Rossiyaning Birinçi kanali uşbu jangni jonli efirda olib beradi. 

2017 yil fevrali holatiga köra, 29 yoşli Habib UFC’ning vazn toifasidan qat'iy nazar barça eng yaxşi jangçilari örtasida 13-örinni, Makgregor iştirok etadigan yengil vazn toifasida esa irlandiyalikdan keyin 2-örinni egallamoqda. Millati – avar.