Jamiyat | 11:05 / 24.08.2017
8193
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda rekord darajadagi 758 mln dollarlik lotereya yutug‘i egasini topdi

Amerika Qo‘shma Shtatlarida Powerball lotereyasining rekord darajadagi 758 mln dollarlik yutuq o‘ynaldi. Bu haqda ABC News xabar qilmoqda.

Bitta yutuqli chipta Massachusets shtatida sotilgan. Uning egasi 6, 7, 16, 23, 26 va 4 raqamlarini to‘g‘ri topa olgan.

Ta'kidlanishicha, barcha oltita raqamni to‘g‘ri topish ehtimoli 292, 2 million holatga bittani tashkil etgan.

Agar g‘olib pulni birdaniga naqd ko‘rinishda olishni xohlasa, unga 443,3 mln dollar beriladi.

Avvalroq, mamlakatda 1,6 mlrd dollarlik jyekpot ham taqsimlangan edi, biroq unda 3 kishi sonlarni to‘g‘ri topa olgandi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid