Xalqaro press-klub rahbari Şerzodxon Qudratxöjayev feysbukdagi sahifasida Xalqaro press-klub faoliyati kelajagi haqida tarqalgan sözlarga munosabatini bildirib ötdi.
Hurmatli hamkasblar, aziz döstlar!
Şu kunlarda internetdagi şaxsiy manzilimga va ijtimoiy tarmoqlarga turli xat va xabarlar kelmoqda. Şu munosabat bilan alohida ta'kidlamoqçimanki, bitta kiçik voqea atrofida Xalqaro press-klub va Özbekiston milliy teleradiokompaniyasi faoliyati doirasidan çiqib ketayotgan asossiz gap sözlar tarqatilib, notöğri talqin qilinmoqda. Özbekistonda tarixan qisqa davrda şiddatli va keng kölamli islohotlar amalga oşirilmoqda. Har bir soha tubdan modernizatsiya bosqiçidan ötmoqda. Xalq bilan samimiy va oçiq muloqot olib borilmoqda. Davlat va nodavlat taşkilotlari bugun mamlakatimiz Prezidenti Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan boşlangan islohotlarning izçilligini ta'minlaş maqsadi atrofida birlaşgan. Aynan mana şu uyğunlik jamiyatimizda yangi davr boşlanganidan darak beradi.
Bu islohotlarni amalga oşirişda bugun Prezident komandasi: Boş vazir, vazirlar, hokimlar, tadbirkorlar, ijod ahli, fermerlar, yoşlar, umuman jamiyatimizning barça qatlamlarini qamrab olgan. Xalqaro press-klub NNT ham özini mana şu katta komandaning a'zosi deb biladi. Şuning uçun ham u davlat va nodavlat taşkilotlari bilan yaqin hamkorlik örnatgan.
Özbekiston Respublikasi Boş vaziri A.N.Aripov Xalqaro press-klub taşkil bölganidan to şu kungaça uni qöllab-quvvatlab kelmoqda. Taşkiliy masalalarni hal etişda yaqindan yordam körsatmoqda. Biroq iş jarayoni doim ham tekis va silliq keçmaydi. Şunday alohida holatlardan mamlakatda demokratiya islohotlari töxtagani, söz erkinligi poymol qilinayotgani haqida global xulosalar qiliş mutlaqo notöğri va örinsizdir. Şu kunlarda internetda öta faol muhokama qilinayotgan uşbu mavzu lokal xarakterga ega edi. Va uni jamiyatimizda keçayotgan boşqa islohotlarga soya soladi deb talqin qiliş asossizdir.
Özbekiston tarixiy burilişlar davrini boşdan keçirmoqda. Biz bitta iş, bitta maqsad va bitta ğoya atrofida jipslaşganmiz.
Biz Prezident Şavkat Mirziyoyevning yagona komandasidamiz. Xalqaro press-klub öz faoliyatini davom ettirmoqda. U heç qaçon töxtamagan. Oldinda bizni juda muhim va dolzarb muloqotlar, yangi formatdagi uçraşuvlar kutmoqda.
Bundan avvalroq Özbekiston televideniyesida körsatuvlar jonli efirga çiqişi töxtagani haqida xabar berilgandi. Bunga Xalqaro Press-klub 23 avgust kungi sonini yozib olingan holda efirga uzatişi haqida ma'lum qilgani
















