Ukraina poytaxti Kiyev şahri poytaxtida portlaş sodir böldi, deb xabar qilmoqda «Gromadske» telekanali.

Telekanal muxbirining sözlariga köra, portlaş hukumat binosi va «Dinamo» stadioni oraliğida röy bergan.

Voqea joyiga Ukraina xavfsizlik xizmati, portlovçi moslamalar mutaxassislari, «tez yordam» yetib kelgan.

Bundan taşqari, Ukraina milliy politsiyasi raisi Sergey Knyazev ham taşrif buyurgan. Portlaş holati aniqlanmoqda. Huquq-tartibot idoralari yölning bir qismini yopib qöygan. Portlaş oqibatida 2 kişining jabrlangani haqida xabar qilinmoqda. Ayni vaqtda hodisa sabablari örganilayapti.

24 avgust kuni Ukraina Mustaqillik kunini nişonlamoqda. Şu bilan birga, Amerika mudofaa vaziri Jyeyms Mettis ham taşrif bilan bölib turibdi.