Futbol böyiça Braziliya terma jamoasining sobiq himoyaçisi Roberto Karlos qamalişi mumkin, deb xabar qilmoqda RT.
Efe naşrining tarqatgan ma'lumotiga köra, Rio-de-Janeyro şahri adliya departamenti braziliyalikni uç oyga qamoqqa olişni talab qilgan.
Ta'kidlanişiça, bunday qarorga Karlosning ikki farzandi onasi Barbara Tulerga alimentlar böyiça qarzdorligi sabab bölgan.
44 yoşli braziliyalik uç oy davomida kerakli mablağlarni ötkazmagan va taxminan 20 ming dollarlik qarzga ega.
Xabar qilinişiça, Roberto Karlos sudda hozirgi paytda qarzni tölay olmasligi, sababi moliyaviy muammolar girdobida ekanini ma'lum qilgan.

















