Rossiya Taşqi işlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova AQŞ Davlat departamentining Rossiya «Tolibon» harakatiga qurol-yaroğ yetkazib berayotgani haqidagi bayonotiga izoh berdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.
«AQŞ Davlat departamenti rahbarining 22 avgust kungi Amerikaning Afğoniston böyiça yangi strategiyasiga bağişlangan brifingda qilgan bayonoti tuşunarsiz. Xususan, u Rossiyani toliblarga qurol-yaroğ yetkazib berişda aybladi», - dedi u.
Zaxarovaning ta'kidlaşiça, Rossiya bu boradagi ayblovlarni bir neça marta rad etgan.
«Navbatdagi marotaba ma'lum qilamizki, toliblarga heç qanday qöllab-quvvatlov körsatmayapmiz», - dedi Zaxarova.
Uning ta'kidlaşiça, bunday bayonotlar mamlakatlar örtasida afğon yönalişida hamkorlikni yölga qöyişga yordam bermaydi.
Avvalroq AQŞ davlat kotibi Reks Tillerson Rossiyani toliblarga qurol yetkazib berişda ayblagandi.

















