KUN.UZ Moskva şahrida “LeksMobayl” yuridik firmasiga asos solib, mehnat migrantlariga huquqiy yordam körsatib kelayotgan Botirjon Şermatov bilan suhbat uyuştirdi. Muloqot davomida migrantlarga salbiy munosabat haqida ham fikr almaşildi.

Botirjon Şermatovning sözlariga köra, Rossiya poytaxti Moskva şahrida 12 yildan beri yaşamoqda. Uning aytişiça, özbekistonlik migrantlarining asosiy qismi yaxşi, halol mehnat qilib kelayapti. 

“Bu - salbiy munosabat - oxirgi paytlarda ham Rossiya, ham özimiznikilar tomonidan qilingan taşviqot natijasi, deb öylayman. Oxirgi yillarda kördikki, qandaydir klip, kino olinsa, migratsiyani yomonlab, salbiy ma'noda tasvirlaş közga taşlandi. Lekin hayotning özi bu narsalarning notöğriligini körsatib turibdi-ku. Agarda, şunday xorlik-zorlik, öşa kadrlarda körsatilgan manzara bölsa, nega unda 1 mln 700 ming fuqaromiz qaytib kelmayapti? Demak, u yerda öşa börttirib körsatilgan hayot emas. 

Hayot hammada har xil. Kimdir yaxşi joyda, kimdir sal bundayroq yerda işlayapti. Bizning migrantlar mehnatsevar, har qanday qiyinçiliklarga çidab keladi. Men bir gapni boşqaçaroq aytaman: “Migrantning özi yomon, yuborgan puli yaxşi”. Migrantning uyidan çiqib, Rossiyaga ketişi va uyga qaytib kelgunça yölda ham undan juda köp odamlar foydalanadi, uning pulini oladi, kerak bölsa aldaydi, talaydi. Lekin, migrant eson-omon kelmoqda, ota-onasiga pul jönatyapti, işlayapti. Şuning uçun bu narsani töxtatiş kerak. 

Yaqinda Yoşlar ittifoqining rahbari Qahramon Quronboyevning intervyusini kördim. Bu migrantlarga ozgina ta'sir qildi. Intervyuda çetga çiqib ketişni salbiy ma'noda tasvirlaşga harakat qilingan. Aytilmoqdaki, buyuk bobomiz Najmiddin Kubro vatan yoki saodatli ölim, deb çetga çiqmagan, uruş paytidan keyin ota-bolalarimiz vatanni taşlab heç qayerga çiqib ketmagan, ularning ğururi bölgan, degan gap böldi. Bu gaplardan keyin Rossiyadagi 1 mln 700 ming yoki boşqa davlatlardagi migrantlarimizning ğururi yöqmi, degan savol paydo bölmoqda. Bu notöğri gap. Najmiddin Kubroga keladigan bölsak, ular vatanni möğullardan himoya qilganlar. U yerda çetga çiqiş haqida gap ketmagan. Bundan taşqari, uruşdan keyin ham öşa paytdagi odamlarimizda çetga çiqib işlaş imkoniyati bölmagan aslida. Bizning migrantlar vatanni yomon körganidan, vatanfuruşligidan yoki ğururi yöqligidan çetga çiqib işlagani yöq, hamma har xil sabab, ehtiyoj tufayli borib işlayapti. Lekin men bir narsani aytmoqçiman, agarda Özbekistonni himoya qiliş kerak bölsa, yuz foiz şunga kafolat beramanki, bizning migrantlarimizning hammasi qaytib kelib, vatanni himoya qilişga tayyor turadi. Birgina misol. Odatda, Tojikiston va Qirğiziston fuqarolari öz fuqaroligidan oson keçib, Rossiya fuqaroligini olişadi. Özbekistonliklarning asosiy qismi fuqarolikni olişga asosi bölsa ham olmaydi. Nega? Ularning niyati, maqsadi baribir Özbekistonga qaytiş”, - deydi Şermatov.