Joriy transfer oynasi davomida Angliya Premer Ligasiga klublarining transferlar uçun sarflagan pullari 1,17 milliard funtni taşkil etdi va bu liga tarixidagi rekord körsatkiçdir. Bu haqida Deloitte tahlilçilari xabar bermoqda.

Ötgan yozdagi körsatkiç 1,165 milliard funtni taşkil qilgan edi. Yana şuni e'tiborga oliş lozimki, transfer oynasi yopilişiga hali bir hafta vaqt bor. Ötgan yilning şu vaqtiga jami sarflangan pullar 865 million funtni taşkil qilgan edi xolos. Demak bu yilgi raqam yana sezilarli sur'atda oşişi mumkin.

Zero, bir qator tahlilçilar «Liverpul», «Mançester Siti» va «Çelsi» klublarining sönggi haftada bir qator transferlar amalga oşirişlarini taxmin qilişmoqda. 

Bu yozda ayniqsa, Mançester klublari transfer bozorida aktiv böldilar va ular sarflagan mablağlar umumiy summaning qariyb 30 foizini taşkil qildi. Eng yirik transferlar sifatida esa, Romelu Lukakuning 75 million funt evaziga «Everton»dan «MYu»ga ötişi (bu Angliya içki bozoridagi rekord summadir) va «Çelsi»ning Alvaro Morata uçun 70 million funt tölaganini keltiriş mumkin.