Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Messiga «Barselona»dan ketish tavsiya qilindi
Taniqli futbol agenti Mino Rayola «Barselona» hujumchisi Lionel Messi «Manchester Siti»ga yo‘l olishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
«Messi kabi futbolchi o‘z qobiliyatini boshqa klublarda ham sinab ko‘rishi kerak. Unga buyukligini isbotlash uchun yangi tajribalar lozim. «Barselona» esa qaytadan qurishga muhtoj.
Transfer bozori o‘zgardi. Endi futbolchilarni klublar emas, davlatlar sotib olishmoqda. 200 million yevrolik transferlar oddiy holatga aylandi», — deya Rayolaning so‘zlarini keltirgan A Bola.
Bundan avvalroq ushbu futbolchini «Manchester Siti» 300 million yevroga sotib olishga tayyorligi (aynan shuncha mablag‘ uning shartnomasida ko‘rsatilgan), futbolchi boshqa klubga o‘tishni istayotgani uchun shartnomasini uzaytirmay kelayotgani (amaldagi shartnoma 2018 yil yakuniga qadar tuzilgan), futbolchining otasi «shaharliklar» bilan muzokara boshlagani haqida xabarlar tarqalgandi.
Mavzuga oid
20:37 / 16.05.2026
Levandovski «Barselona»ni tark etishini e’lon qildi
02:34 / 11.05.2026
"Barselona" "Real" bilan o‘yinda Ispaniya chempioniga aylandi. Bunaqasi ilk bor ro‘y berdi
20:32 / 10.05.2026
“Barselona” bosh murabbiyining otasi “El Klasiko” kunida vafot etdi
11:26 / 03.05.2026