«Özavtosanoat» aksiyadorlik kompaniyasi boşqaruvi raisi lavozimiga Umidjon Salimov tayinlandi. Kompaniyadagi manba Kun.uz naşriga ma'lumot berişiça, u 24 avgust kuni jamoaga yangi rahbar sifatida tayinlangan.
Umidjon Salimov bungaça kompaniya raisi örinbosarlaridan biri sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi. Endi u biroz avvalroq kompaniya rahbarligidan ketib, «Özbekiston havo yöllari» MAK rahbariga aylangan Uluğbek Röziqulov örnida iş boşladi.

Umidjon Salimov Zokirjonoviç 1976 yilda Toşkent şahrida tuğilgan. U Toşkent davlat texnika universitetini «Muhandis-dizayner» yönalişi böyiça tamomlagan, 2007 yilda Toşkent avtomobil va yöllar institutida aspiranturani tamomlagan, texnika fanlari nomzodi.
U 1998 yildan 1999 yilga qadar «Avtodayjest» gazetasida ijroçi kotib bölib işlagan, 1999 yildan 2000 yilgaça «Özavtosanoat» uyuşmasiga qaraşli «Avtosaninvestproekt» korxonasi yetakçi mutaxassisi bölib işlagan.
2000 yildan 2004 yilgaça - «Özavtosanoat» uyuşmasining moliyaviy-iqtisodiy ekspertiza va kredit böyiça yetakçi mutaxassisi bölib işlagan. 2005-2007 yillarda «Özavtosanoat» AKning marketing boşqaruvi, savdo strategiyasi va eksportini rivojlantiriş salohiyati mutaxassisi bölib işlagan, 2007-2009 yillarda «Jyeneral Motors Özbekiston» YoAJ yangi loyiha boşqariş bölimi boş menejyeri, 2009-2011 yillarda «Jyeneral Motors Pauer-Treyn Özbekiston» YoAJ boş direktori örinbosari, 2011-2013 yillarda «Özavtosanoat» AK raisining örinbosari bölib işlagan.
Umidjon Salimov 2013-2017 yillarda Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim markazi direktori, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirining birinçi örinbosari bölgan.
2017 yil apreldan boşlab «Özavtosanoat» AJ Texnik siyosati va mahalliylaştiriş böyiça boşqaruv raisi örinbosari sifatida faoliyat körsatib kelayotgandi.
















