Sönggi paytlarda mahalliy matbuot naşrlari va televideniyeda köplab mavzular, ayniqsa jamiyatning yurak-tomiriga bolta urib kelgan ayrim masalalar oçiq muhokama etildi hamda bunday işlar davom etmoqda.

Şular qatori, Bandlik va mehnat munosabatlari vazir​ birinçi örinbosari Erkin Muhitdinov AQŞning xalqaro munosabatlari böyiça Senat qömitasi delegatsiyasi bilan uçraşuv vaqtida Vazirlar Mahkamasi 8 avgust kuni​ Özbekiston hukumati 2017 yilgi mavsumda baloğat yoşiga yetmagan yoşlarni, şuningdek, Soğliqni saqlaş sohasi va ta'lim sohasi xodimlarini paxta terimiga jalb etişni taqiqla​b, tegişli qaror qabul qilgani haqida ma'lumot berdi.

Bu juda quvonarli hol, albatta. Masalaning boşqa tarafida esa yangi mavsumda paxta terimida iştirok etmoqçi bölgan terimçilarga yaratilgan şaroit talablari turibdi. Paxta terimi mavsumida voyaga yetgan talaba yoşlarning ayrimlari mehnatga jalb etiladi. Xalqaro tajribani örgangan holda, şunday tadbirning qanday taşkil etilişi borasida bir neça misollar bilan tanişib çiqişimiz mumkin.

Meva pişiqçiligi davrida Yevropaning bir neça rivojlangan davlatlarida oliy ta'lim muassasasi talabalari uçun mavsumiy işlar taklif etiladi. Bular orasida eng köp tarqalgani Ispaniya va Kiprda «apelsin teriş» bölsa, Buyuk Britaniya hamda bir neçta Markaziy Yevropa davlatlarida turli höl mevalarni terib, hosilni saralaş kabi işlar hisoblanadi.

Nega talabalar meva terimiga boradi?

Foto: NCC

Yiğim-terim tadbiri, avvalo, yuqori vatanparvarlik ruhida taşkil etiladi. Şu körinişdagi mavsumiy işga yozilgan talabalar uçun maxsus şaroitlar yaratib beriladi. Universitet hayotiga qadam qöygan yoşlar uçun bu atrofdagilar bilan yaqindan tanişişning eng yaxşi imkoniyati hisoblanadi. Bir vaqtda işlab, ham dam oliş mumkin. Mahalliy hokimiyat vakillari terimning kötarinki kayfiyatda, ortiqça muammolarsiz, zarar va zahmatsiz ötişi uçun barça favqulodda çoralarni körib qöyadi.

Bundan taşqari, talabalar yiğim tadbirlari ortidan qöşimça daromad topişni közlab qöyadi. Buyuk Britaniyadagi «Mustaqillik» partiyasi yetakçi deputati Jon Beklining aytişiça, uşbu amaliyot ayni paytda ta'lim olayotganlar uçun dam oliş bilan birga pul topişning eng yaxşi yöllaridan biri hisoblanadi.