Joriy yilda umumta'lim maktablarining 1-sinfiga qadam qöyadigan bolalar uçun öquv darsliklari 7 tilda tayyorlanib, ta'lim muassasalariga yetkazildi. Bu haqda Özbekiston Xalq ta'limi vaziri Uluğbek Inoyatov KUN.UZ’ga ma'lum qildi.

Şuningdek, ma'lum qilinişiça, birinçi sinfda öqişni boşlaydigan öquvçilarning har biriga 12 turdagi öquv qurollari va öquvçilik portfeli tayyorlab qöyilgan. 1-sinfga kelayotgan öquvçilar har yili yangidan naşr etiladigan 12 nomdagi darsliklar bilan ham ta'minlanadi.
Yangi öquv yilidan boşlab, umumta'lim maktablarida öquvçilar 10 sinflarda öqişni davom ettirişadi. Ularning ta'lim olişi uçun 10 sinfning 12 fani böyiça tuzilgan yangi öquv reja va dasturlar asosida darsliklar tayyorlangan.

Qolaversa, farzandi maktabgaça ta'limga qamrab olinmagan ota-onalarga davlat byudjyeti hisobidan 7 turdagi kitoblar beriladi. Ota-onalar bu kitoblar orqali farzandlarini maktabga mustaqil özlari tayyorlaşadi.
















