Şimoliy Koreya KGBning (Komitet gosudarstvennoy bezopasnosti – Davlat xavfsizligi qömitasi) sobiq agentlarini mamlakat rahbari Kim Çen Inni AQŞ va Janubiy Koreya tomondan unga suiqasd qilinişiga urinişlardan himoya qiliş maqsadida “harbiy maslahatçilar” sifatida yollagan. Bu haqda Yaponiyaning Asahi Shimbun naşri xabar bermoqda.  

Naşr manbasi ma'lumotlariga köra, sobiq ittifoq davlat xavfsizligining terrorçilikka qarşi kuraş bölimida işlagan 10 ga yaqin iste'fodagi agenti Pxenyanga fevralda taklif qilingan.  

Ulardan Kim Çen In tan soqçilarini teraktlarni bartaraf etiş va agar suiqasd amalga oşirilsa, jumladan, AQŞning Gray Eagle droni yordamida, nima qiliş kerakligiga örgatiş söralgan. 

May boşida Şimoliy Koreya Markaziy razvedka boşqarmasi va Janubiy Koreya maxsus xizmatlarini Kim Çen Inni öldiriş maqsadida til biriktirganlikda ayblagandi.

Bu orada Reuters axborot agentligining MAGATEga iqtibos keltirgan holda xabar qilişiça, Pxenyan qurilayotgan yangi yadroviy reaktor uçun zarur elementlarni işlab çiqariş işlarini faollaştirgan. Mutaxassislar fikriça, Şimoliy Koreya atom bombalari uçun yoqilği işlab çiqarişda mavjud reaktordan foydalanmoqda. AQŞ prezidenti Donald Tramp esa agar Şimoliy Koreya yadroviy sinovlarini davom ettirsa, u yerdagi vaziyatga harbiy aralaşuv bölişi mumkinligini aytgan.