18:53 / 26.08.2017
69140

Floyd va Konor to‘qnashuvi. Jangdan oldin ma'lumotlar, tomosha vaqti va statistika

Foto: cbssports.com

Yaqin soatlarda yakka kurash sporti yulduzlari, ingliz va amerika xalqlarining to‘qnashuviga guvoh bo‘lamiz. Albatta bularning barchasi AQShdagi Las Vegasning eng ko‘rkam ringlaridan birida sodir bo‘ladi. O‘zbekistondagi boks ishqibozlari ushbu jangni UzReport kanali orqali 27 avgust kuni soat 8:30 da (ertalabki) to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda tomosha qilishi mumkin. Biz esa o‘yin oldi qiziqarli statistikaga e'tibor qaratamiz.

Janglari uchun eng katta bir martalik gonorarni Floyd Meyvezer (437 million AQSh dollari) qo‘lga kiritgan, Makgregor esa bor-yo‘gi 90 milion AQSh dollari bilan kifoyalangan. Qo‘lqoplar og‘irligi 220 gramm bo‘lsa, Floydniki me'yorda belgilangandan ko‘ra 60 grammga og‘ir ekanligi oshkor bo‘ldi. Konor esa, odatda, 110 gram og‘irlikdagi qo‘lqoplar bilan jangga tushgan. Ikki turli sport ustalari turli ringda kurashga tushishga o‘rgangan, masalan, Floyd Meyvezer diametri 6,02 metrni tashkil etgan to‘rtburchak ringda o‘zini erkin his etsa, Konor diametri 9,1 metr keladigan sakkiz burchakli ringda kuch sinashgan. Bunday ma'lumotlardan ham bilishimiz mumkinki, jang murosasiz va qiziqarli o‘tishi kutilmoqda.

Shuningdek, o‘zidan 11 yosh kichik Konordan farqli o‘laroq, Meyvezer bironta ham jangda mag‘lub bo‘lmagan. Makgregor shu kungacha 3 mag‘lubiyat va 21 ustunlikni o‘z hisobiga yozib qo‘ygan. 49 ta jangda g‘olib bo‘lgan amerikalik bokschi Floyd Meyvezer shulardan 26tasini nokaut bilan tugatgan. Boks muxlislari anglaganidek, bu sport turida 12 round davomida g‘olib va mag‘lubning ismi ma'lum bo‘ladi. Aralash yakka kurash sportida esa 5 rounddayoq hammasi hal bo‘ladi.

Foto: cbssports.com

Keksa boksyor o‘tgan ikki yil davomida ringga ko‘tarilmagan, ertalab esa yorqin “kambek“ni kutib turgan muxlislar Konorning mag‘lubiyatga uchrashiga ishonadi. Raqamlar bu taxmin haqiqatdan uzoq emasligini tasdiqlaydi, faqat bir savol paydo bo‘ladi: nega unda Makgregor tirishmoqda?

Avvalo, jangdan keyingi gonorarni MMA'ning hech qaysi kurashida topa olmasligiga aqlli yetgan Konor, Floyd bilan kuch sinashmoqchi bo‘layotgani mumkin. Qolaversa, boks muxlislari va keng auditoriyaga notanish bo‘lgan Konor Makgregor yangi ixlosmandlarga ega bo‘lib oldi. Meyvezerning yutqazmaganini inobatga olsak, uning oldida taslim bo‘lish biz uchun yangilik ham emas. Agar irlandiyalik sportchi g‘alaba qozonsa, birinchi galda bukmekerlarning uyi kuydi, deyavering. Gap shundaki, uning yutug‘i Konorga pul tikkanlarga to‘rt barobar ko‘p daromad keltiradi. Makgregor shug‘ullanib kelgan MMA xalqaro tahsinga sazovor bo‘lib, boksda hech kim yengga olmagan titanni yiqitgan bo‘ladi.

Katta ringga Floyd Meyvezerdan 18 yil keyin chiqib kelgan Konorning eng uzoq jangi 25 daqiqa davom etgan, xolos. Bu barchasi raqam va statistika bo‘lib, bizni oldidan afsonaviy sport ustalarining to‘qnashuvi kutib turibdi.

Mavzuga oid
Top