2017 yilning 25 avgust kuni Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev boşçiligidagi delegatsiya Ostona şahrida bölib ötayotgan «EKSPO-2017» xalqaro körgazmasi doirasida Rossiya, Özbekiston, Turkmaniston, Koreya Respublikasi va Fransiya pavilonlariga taşrif buyurdi.
Qozoğiston rahbari Özbekiston pavilonida respublikaning energiyaning muqobil turlaridan foydalaniş böyiça imkoniyatlari orqali taqdim etilgan energetik salohiyati bilan tanişdi. Özbekiston pavilonida taqdim etilgan har bir eksponat böyiça batafsil ma'lumot berildi.
Nursulton Nazarboyev içki örnatilgan quyoş panellariga ega elektromobilning kontseptual modeli va quyoş hamda şamol quvvati yordamida işlovçi ekozavod maketi, şuningdek, maxsus turbinali tegirmonlarga alohida qiziqiş bildirdi. Qozoğiston rahbarining ta'kidlaşiça, işlab çiqilgan kontseptlar ança istiqbolli ğoyalar sanaladi.
Nazarboyev Özbekistonga yaqin orada rasmiy taşrif bilan borişni rejalaştirgani haqida ham aytib ötdi.

















