24 avgust kuni Milliy matbuot markazida Özbekiston Respublikasi Xususiylaştirilgan korxonalarga kömaklaşiş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasi tomonidan matbuot anjumani taşkil etildi. Unda qömita vakillari iste'molçilarning huquqlarini himoya qiliş, reklama bozorini tartibga soliş va aholining iste'mol madaniyatini oşiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar haqida ma'lumot berib ötdi. 

Tadbirda iştirok etgan KUN.UZ muxbiri Toşkent şahrida joylaşgan Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat boğida spirtli içimliklar bilan savdo qilayotgan umumiy ovqatlaniş şoxobçasi mavjudligi, hattoki içimlik surati tuşirilgan reklama-banneri yölakka olib çiqib qöyilgani, bu esa öz navbatida Özbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksi 178.1-moddasi buzilganini aytib ötdi. Bu holatga Raqobat qömitasi qanday qaraydi?

"Bu holatni örganiş uçun zudlik bilan bugunning özida yuqorida qayd etilgan joyga çiqamiz. Oilaviy, yoş bolalar sayr qilişi uçun möljallangan har qanday istirohat boğlarida spirtli içimliklarni sotiş qat'iyan taqiqlanadi. Nafaqat boğning içida, balki uning atrofida 500 metrgaça bölgan masofada ham spirtli içimliklar savdosi bilan şuğullaniş man etilgan", - deya ta'kidladi Iste'molçilarning huquqlarini himoya qiliş va reklama faoliyatini nazorat qiliş boşqarmasi xodimi Dehruz Yunusov.

Şuningdek, boşqarma vakili bugungi kunda boğlar taşqarisida 500 metrgaça bölgan masofagaça spirtli içimliklarni sotiş taqiqlangani qoniqarli emasligi, tez kunlarda bu masofa yanada kengaytirilişi hamda qonunga qarşi iş qilayotgan sotuvçilarga qat'iy jazo çoralari qöllanilişini ma'lum qildi.