Uy hayvoni siz öylaganingizdan-da köproq muammo keltirib çiqarişi mumkin. Gap şundaki, hatto oddiy muşuk va itlar ham köpinça inson uçun halokatli tugaşi mumkin bölgan kasalliklarning "yetkazuvçilari" bölişi mumkin. Şifokorlar bunday kasalliklarni alohida guruhga ajratişadi - zooantroponozlar - unga taxminan yuz xil kasallik kiradi. Don't Panic taqdim etgan mavzuga oid maqolani öqib köring va xulosa qiling, uyingizda jonivorlarni saqlaş hayotingizni garovga qöyişingizga arzirmikan?!
Quturiş

Uy hayvoni bu kasallikni yovvoyi hayvonlardan yuqtirişi mumkin. Quturiş inson uçun öta xavfli: virusni vaksinasiz davolab bölmaydi va bu ölim bilan tugaydi.
Toksoplazmoz

It va muşuklardan yuquvçi parazitar kasallik. Uning yengil şakli deyarli xavfsiz, biroq oğir şakli jigarning toksik şikastlanişi, falaj va ölimga olib kelişi mumkin.
Leptospiroz

Leptospirozni xalq orasida it tifi deyişadi, biroq har qanday sut emizuvçi uni yuqtirib olişi mumkin. Inson bu kasallikni odatda kasallangan jonivorning suvi, sölagi yoki peşobidan yuqtirişi mumkin. Leptospiroz jigar va yurakka hujum qiladi.
Atipik pnevmoniya

Ekzotik jonivorlar - ekzotik kasalliklar. Insoniyat birinçi bölib atipik pnevmoniyani viverra - Janubi-Şarqiy Osiyo yirtqiçidan yuqtirgan. Virusning yangi turlari uy hayvonlarida ham kuzatilmoqda.
OITS

Bu kasallikni insonga Markaziy Afrika maymunlari yuqtirişgan. Virus bugungi kunda ham hayvonlar orqali yuqişi mumkin.


















