Londonning «Vest Hem» klubi rahbariyati APLning 3-turida «Nyukasl»ga qarşi keçgan va 0:3 hisobidagi mağlubiyat bilan yakunlangan öyindan keyin boş murabbiy Slaven Biliçni iste'foga çiqarişi mumkinligi haqida xabar tarqaldi.
Londonliklar klubi dastlabki 3 öyinda 3 mağlubiyat bilan turnir jadvalida oxirgi poğonada qolmoqda. «Mançester Yunayted» (0:4), «Sauthempton» (2:3) va «Nyukasl» (0:3) jamoalariga qarşi öyinlarda atigi ikkita gol urilib, 10ta gol ötkazildi.
Sky Sports xabariga köra esa rahbariyat hozirça yakuniy qarorga kelmagan.
Manbaga köra, «Vest Hem» rahbariyati Biliç örniga «Nyukasl» boş murabbiyi Rafael Benitesni tayinlaşni rejalaştirmoqda.
Eslatib ötamiz, Biliç 2015 yil yozida «Vest Hem» boş murabbiyi etib tayinlangandi.

















