Saudiya Arabistonining «Al-Ittihod» klubi boş murabbiy Slaven Biliçni işdan böşatdi. Klub matbuot xizmatidan ma'lum qilişlariça, uning örniga çililik Xose Luis Serra tayinlangan.
50 yoşli Biliç «Al-Ittihod»ni 2018 yil sentabr oyida qabul qilib olgandi. 21-turdan keyin jamoa içki çempionatda 16 klub orasidan 15-örinni egallab turibdi.
Ma'lumot uçun, yangi tayinlangan Xose Luis Serra uçun «Al-Ittihod» begona klub emas - u 2016-2018 yillarda töliq ikki yil bu jamoada boş murabbiy bölgan.
Eslatib ötamiz, Jidda şahri klubi Osiyo Çempionlar ligasida Toşkentning «Lokomotiv» jamoasi bilan bir guruhda kuraş olib boradi. Ular aprel oyida bölib ötadigan 3-4-turlar doirasida dastlab Jiddada, söng Toşkentga kuraş olib borişadi. Guruhdan, şuningdek, BAAning «Al-Vahda» va Qatarning «Ar-Rayyan» klublari örin olgan.

















