Toşkent vaqti bilan 27 avgust tongida boks muxlislari orziqib kutgan asr jangi bölib ötdi. Las-Vegasda yengilmas boksçi Floyd Meyvezer UFC yulduzi Konor MakGregorga qarşi ringga çiqdi. Boks qoidalari asosida bölib ötgan bu jangda amerikalik boksçi ğalabaga erişdi.
Jangning dastlabki raundlarida irlandiyalik sportçi ustunlikka erişayotgandi. Ammo jangning ikkinçi qismidan boşlab Meyvezer nazoratni öz qöliga oldi. 10-raundga kelib esa referi texnik nokaut qayd etdi va amerikalik sportçi ğalabasini ma'lum qildi.
Bu jang uçun Meyvezer 100 million dollar, MakGregor — 30 million dollar işladi. Bu mablağlar sportçilar jangda qanday natija körsatişidan qat'i nazar kafolatlangan mablağlardir. Bundan taşqari, ğalaba uçun bonuslar, şuningdek, çiptalar sotuvi va tölovli translyatsiyalardan (pay-per-view) tuşgan mablağlardan uluşlar va'da qilingan. Buning hisobiga sportçilarning gonorarlari miqdori bir neça barobar ösişi mumkin.
40 yoşli Meyvezer şu tariqa professional ringdagi barça 50 jangida ğalabaga erişmoqda. U oxirgi marta 2015 yil sentabrida ringga çiqqan va boksçilik faoliyatini yakunlagani haqida ma'lum qilgandi.
Hozirda 29 yoşda bölgan MakGregor MMAda 24 jang ötkazgan va 21 ğalabaga erişib, 3 marta mağlub bölgan.



















