Londondan oqib ötuvçi Temza daryosida giyohvand moddalar miqdori xavfli darajagaça oşgan. Bu haqda britaniyalik olimlar ma'lum qilişdi. Buning oqibatida daryoda yaşovçi ilonbaliqlar ular uçun xos bölmagan faollikni namoyiş qila boşlaşdi.
Kokain va uning metabolitlari daryoga kanalizatsiya orqali tuşadi va baliq hamda hayvonlarga jiddiy zarar yetkazadi. Londonning zararli moddalarni ajratişi kerak bölgan filtratsiya tizimi katta miqdordagi giyohvand moddani eplay olmayapti, deb xabar berdi The Times naşri.
Ta'kidlanişiça, Temzada kokain metabolizmi mahsulotlari – kofein, kokain va benzoilekgoninning miqdori bir litrga mikrogrammdan oşib ketgan.

















