Amudaryo tumanida kuz-qiş davrida aholi va byudjyet taşkilotlarining kömir hamda undan tayyorlanadigan briketga bölgan ehtiyojini ta'minlaş borasida keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda, deb xabar berdi Kruz.uz tuman hokimligining telegramdagi sahifasiga asosan.
Kuyukköpir ovulida taşkil etilgan kömir kukunlaridan briket tayyorlaşga ixtisoslaşgan sexda hududning 8 nafar yoşlari iş bilan ta'minlangan. Korxonada Angren kömir konidan keltirilayotgan xomaşyodan kuniga 30 tonna atrofida sifatli briket mahsulotlari işlab çiqarilmoqda.
Tsexda işlab çiqariş jarayoni konveyer usulida joriy etilgan. Dastlab kömir maxsus maydalovçi uskunadan ötadi. Yoğoç qipiği kömir kukuniga aralaştirilib, navbatdagi moslamada ziçlanadi. Keyin zarur kimyoviy komponentlar qöşilib, briket hosil qilinadi. Tayyor mahsulot esa maxsus quritiş apparatiga jönatiladi.

















