Moskvada elektr energiya manbalariga ulanişi kerak bölmagan ilk svetofor örnatildi. Bu svetofor quyoş batareyasida işlaydi hamda Zeninsk şossesi va Kojuxovskaya Gorka köçasi kesişmasida haydovçilarga işoralar bera boşladi.
Svetofor töliq avtomatlaştirilgan. Batareya quyoşdan quvvatlanadi va qurilma kunning qoronği vaqtida işlaşi uçun energiya akkumulyatorga töplanadi. Akkumulyator hattoki bulutli kunda ham quvvatlana oladi.
Moskva yöl harakatini taşkillaştiriş markazida aytilişiça, bu svetoforga xizmat körsatiş xarajatlari an'anaviy svetofornikidan ança kamroqni taşkil qiladi. Birinçi navbatda bunday avtonom svetoforlar oddiy svetoforlarni tok manbaiga ulaş qiyin bölgan joylarda örnatilmoqçi.
















