Jahon | 00:44 / 31.08.2017
13890
2 daqiqa o‘qiladi

2 millionga yaqin ziyoratchilar Saudiya Arabistonida haj amallarini bajarishga kirishdi

Foto: RIA "Novosti"

Jahonning turli davlatlaridan kelgan 2 millionga yaqin musulmon ziyoratchilar chorshanba kuni Makka va Madinadagi muqaddas joylarda besh kunlik haj amallarini bajarishga kirishdi, deb xabar bermoqda Saudiya Arabistoni qirolligi munshioti maslahatchisi Aliush az-Ziyodiy o‘zining Twitter mikroblogidagi akkauntida.

«Saudiya arabistoniga kelgan xorijlik ziyoratchilarning aniq soni 1,958 ming kishini tashkil etmoqda», — deb yozgan az-Ziyodiy. Saudiya Arabistoni statistika boshqarmasining ma'lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilga nisbatan bu yil ziyoratchilar soni 32 foizga oshgan. Hajda 168 millat va elat vakillari, jumladan Qatar va Erondan ham ziyoratchilar ishtirok etishmoqda.

Saudiya Arabistoniga haj qilish uchun ular uchun quruqlikdan ochib berilgan chegaradan 1350 nafar Qatar fuqarosi kelgan. Qatar hukumati hajga mashinada borishni istamagan ziyoratchilarni olib kelish uchun Saudiya samolyotlariga qo‘nishga ruxsat bermagan, garchi Saudiya qiroli ziyoratchilar uchun qamalni vaqtinchalik bekor qilgan esa-da.

Bu yil haj amalini bajarish uchun kelgan eng qari inson — Indoneziyadan kelgan Maryah xonim Marg‘oniy Muhammadir. 

Haj davomida xavfsizlikni ta'minlash uchun Saudiyaning 100 mingdan ortiq xavfsizlik xodimlari kamarbasta bo‘lib turishibdi. Ziyoratchilarni davolash uchun ochilgan shifoxonalarda 1,5 mingdan ziyod shifokorlar xizmat qilishmoqda.

Mavzuga oid